QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят40

أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, mag`firat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?!Осмонлару ернинг мулки Аллоҳники эканлигини, кимни хоҳласа, азоблашини, кимни хоҳласа, мағфират қилишини ва Аллоҳ ҳар бир нарсага қодир эканини билмасмидинг?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), axir siz Osmonlar va Yer Allohning mulki ekanini, U zot Oʻzi istagan kishisini azoblab, istagan kishisini magʻfirat qilishini bilmadingizmi? Alloh hamma narsaga qodirdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ахир сиз Осмонлар ва Ер Аллоҳнинг мулки эканини, У зот Ўзи истаган кишисини азоблаб, истаган кишисини мағфират қилишини билмадингизми? Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.

114-sahifa · 6-juz · 12-hizb114-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَعْلَمْbildingбилдингأَنَّekaniniэканиниٱللَّهَAllohАллоҳلَهُۥUnikidirУникидирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингيُعَذِّبُazoblaydiазоблайдиمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَيَغْفِرُva magʻfirat qiladiва мағфират қиладиلِمَنkimniкимниيَشَآءُ ۗxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Borliqni yolgʻiz Oʻzi yaratgan Zot unda yolgʻiz Oʻzi hukm yuritadi. Uning xohishini cheklovchi yoʻq. Nimaniki xohlasa, shuni qiladi. Osmonlaru yer ham, ularning orasidagilar ham Oʻzining mulki. Oʻz mulkida nimani ravo koʻrsa, shuni qiladi.

Endi Allohning hukmiga, tayin qilgan jazolariga boshqa qavmlarning munosabatlari va u munosabatlarning oqibatlari haqida soʻz yuritiladi: