QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят41

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ لَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ مِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِأَفْوَٰهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِن قُلُوبُهُمْ ۛ وَمِنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ ۛ سَمَّـٰعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّـٰعُونَ لِقَوْمٍ ءَاخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ مِنۢ بَعْدِ مَوَاضِعِهِۦ ۖ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَـٰذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمْ تُؤْتَوْهُ فَٱحْذَرُوا۟ ۚ وَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ فِتْنَتَهُۥ فَلَن تَمْلِكَ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَمْ يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Payg`ambar! Og`izlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo`lganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa bo`lma. Ular yolg`onni ko`p eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar. So`zlarni joylaridan o`zgartirurlar. Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir bo`linglar», derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan bo`ladigan biron narsani to`sa olmassan. Alloh ana o`shalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor.Эй Пайғамбар! Оғизлари ила: «Иймон келтирдик» деб, қалблари иймон келтирмаганлар ва яҳудий бўлганларнинг куфрга ошиқадиганларидан хафа бўлма. Улар ёлғонни кўп эшитурлар, сенга келмаган қавмлардан ҳам эшитурлар. Сўзларни жойларидан ўзгартирурлар. Улар: «Агар сизга бу берилса, олинглар, агар бу берилмаса, ҳазир бўлинглар», дерлар. Аллоҳ кимни фитнага солишни ирода қилса, унга Аллоҳ томонидан бўладиган бирон нарсани тўса олмассан. Аллоҳ ана ўшаларнинг қалбларини поклашни ирода қилмади. Уларга бу дунёда шармандалик бор. Уларга охиратда улкан азоб бор.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar, ogʻizlarida: «Iymon keltirdik», degan, ammo dillari iymon keltirmagan (munofiqlardan) va yahudiylardan boʻlgan, kufr tomonga qarab chopayotgan kimsalar sizni mahzun qilmasin. Ular yolgʻonga quloq berguvchi va sizning oldingizga kelmagan, soʻzlarni oʻz oʻrinlariga qoʻyilgandan keyin oʻzgartiradigan boshqa qavmga (yaʼni, yahudiylarga) quloq berguvchi kimsalardir. (Yahudiylar): «Agar (Muhammad tarafidan) sizlarga mana shu hukm berilsa, olinglar, boʻlmasa (yaʼni, boshqa bir hukm aytilsa), ehtiyot boʻlinglar — olmanglar, deyishadi. Kimniki Alloh oʻzi adashtirishni istasa, bas, siz uning uchun Alloh tomonidan hech narsa qila olmassiz. Ular Alloh koʻngillarini poklashni istamagan kimsalardir. Ular uchun dunyoda rasvolik, Oxiratda esa ulugʻ azob bordir.Эй пайғамбар, оғизларида: «Иймон келтирдик», деган, аммо диллари иймон келтирмаган (мунофиқлардан) ва яҳудийлардан бўлган, куфр томонга қараб чопаётган кимсалар сизни маҳзун қилмасин. Улар ёлғонга қулоқ бергувчи ва сизнинг олдингизга келмаган, сўзларни ўз ўринларига қўйилгандан кейин ўзгартирадиган бошқа қавмга (яъни, яҳудийларга) қулоқ бергувчи кимсалардир. (Яҳудийлар): «Агар (Муҳаммад тарафидан) сизларга мана шу ҳукм берилса, олинглар, бўлмаса (яъни, бошқа бир ҳукм айтилса), эҳтиёт бўлинглар — олманглар, дейишади. Кимники Аллоҳ ўзи адаштиришни истаса, бас, сиз унинг учун Аллоҳ томонидан ҳеч нарса қила олмассиз. Улар Аллоҳ кўнгилларини поклашни истамаган кимсалардир. Улар учун дунёда расволик, Охиратда эса улуғ азоб бордир.

114-sahifa · 6-juz · 12-hizb114-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلرَّسُولُPaygʻambarПайғамбарلَاemasэмасيَحْزُنكَseni xafa qilmasinсени хафа қилмасинٱلَّذِينَkimsalarкимсаларيُسَـٰرِعُونَoshiqadiganошиқадиганفِى-ga-гаٱلْكُفْرِkufrgaкуфргаمِنَ-dan-данٱلَّذِينَkimsalarкимсаларقَالُوٓا۟aytganlarайтганларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِأَفْوَٰهِهِمْogʻizlari ilaоғизлари илаوَلَمْva emasва эмасتُؤْمِنiymon keltirmaganиймон келтирмаганقُلُوبُهُمْ ۛqalblariқалблариوَمِنَva -danва -данٱلَّذِينَkimsalarкимсаларهَادُوا۟ ۛyahudiy boʻlganяҳудий бўлганسَمَّـٰعُونَkoʻp eshituvchilardirкўп эшитувчилардирلِلْكَذِبِyolgʻonniёлғонниسَمَّـٰعُونَkoʻp eshituvchilarкўп эшитувчиларلِقَوْمٍqavmlardanқавмларданءَاخَرِينَboshqaбошқаلَمْemasэмасيَأْتُوكَ ۖsenga kelmaganсенга келмаганيُحَرِّفُونَoʻzgartiradilarўзгартирадиларٱلْكَلِمَsoʻzlarniсўзларниمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَوَاضِعِهِۦ ۖjoylaridanжойлариданيَقُولُونَderlarдерларإِنْagarагарأُوتِيتُمْsizga berilsaсизга берилсаهَـٰذَاbuбуفَخُذُوهُbas, uni olinglarбас, уни олингларوَإِنva agarва агарلَّمْemasэмасتُؤْتَوْهُu sizga berilmasaу сизга берилмасаفَٱحْذَرُوا۟ ۚbas, hazir boʻlinglarбас, ҳазир бўлингларوَمَنva kimniва кимниيُرِدِiroda qilsaирода қилсаٱللَّهُAllohАллоҳفِتْنَتَهُۥfitnaga solishniфитнага солишниفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасتَمْلِكَtoʻsa olmassanтўса олмассанلَهُۥungaунгаمِنَ-dan-данٱللَّهِAlloh tomonidanАллоҳ томониданشَيْـًٔا ۚbiron narsaniбирон нарсаниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَshunday kimsalarkiшундай кимсаларкиلَمْemasэмасيُرِدِiroda qilmadiирода қилмадиٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ni-ниيُطَهِّرَpoklashniпоклашниقُلُوبَهُمْ ۚqalblariniқалблариниلَهُمْulargaуларгаفِى-da-даٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёخِزْىٌۭ ۖsharmandalik borшармандалик борوَلَهُمْva ulargaва уларгаفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratохиратعَذَابٌazob borазоб борعَظِيمٌۭulkanулкан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikri kelayotgan,

«Ogʻizlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar»dan murod–munofiqlardir. Demak, ushbu oyati karima munofiqlar va yahudiylar haqida tushgan. Maʼlumki, munofiqlikning kelib chiqishi ham yahudiylarga borib taqaladi.

Ushbu oyatlarning nozil boʻlishi sababi haqida imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:

«Alloh taolo bu oyatlarni yahudiylarning ikki toifasi toʻgʻrisida nozil qilgan. Johiliyat davrida ulardan biri ikkinchisini yenggandan soʻng oʻzaro kelishib: «Agar obroʻli toifa obroʻsiz toifadan biror kishini oʻldirib qoʻysa, ellik vasaq xun toʻlaydi. Ammo obroʻsiz toifa obroʻli toifadan biror kishini oʻldirib qoʻysa, yuz vasaq xun toʻlaydi», deyishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelgunlarigacha mazkur shartnoma asosida ish tutar edilar. U kishi kelganlaridan keyin obroʻsiz toifa obroʻli toifadan bir kishini oʻldirib qoʻydi va orada janjal chiqdi. Obroʻli toifa oʻldirilgan aʼzosi xuniga yuz vasaq xun talab qildi. Obroʻsiz toifa esa: «Dini bir, nasabi bir, yurti bir ikki toifa aʼzolaridan birining xuni ikkinchisinikidan ikki barobar boʻlishi qayerda bor? Biz avvallari sizning siquvingiz ila, qoʻrqqanimizdan berar edik. Endi esa, Muhammad kelgach, bermaymiz», dedilar. Oralarida urush chiqishiga oz qoldi. Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oʻrtaga hakam qilishga kelishdilar. Bir ozdan soʻng obroʻli toifa oʻzaro kengashib: «Allohga qasamki, Muhammad ulardan bizga ikki barobar xun olib bermaydi. Ular rost aytishadi: koʻp miqdor xunni bizning siquvimiz ostida, bizdan qoʻrqqanlaridan berar edilar. Muhammadga bildirmasdan odam yuboringlar, uning fikrini bilib kelsin. Agar sizlar xohlaydigan narsani beradigan boʻlsa, uni hakam qilasizlar. Agar uni bermaydigan boʻlsa, hazir boʻlasizlar va hakam qilmaysizlar», deyishib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga baʼzi munofiqlarni pinxona yubordilar. Alloh Paygʻambariga ularning xabarini berdi va rejalarini bildirib:

«Ey, Paygʻambar! Ogʻizlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy boʻlganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa boʻlma» oyatini «fosiqun»gacha tushirdi».

Alloh taolo bu oyatni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga u kishining Paygʻambarlik sifatlari bilan xitob qilib:

«Ey, Paygʻambar!»–deb boshlamoqda. Soʻngra ikki toifa odamlarning qilmishlaridan xafa boʻlmaslikka chaqirmoqda.

«Ogʻizlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy boʻlganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa boʻlma».

Demak, ogʻizda «iymon keltirdik» deyish bilan odam bolasi musulmon boʻlib qolmas ekan. Ogʻiz bilan keltirilgan iymonni qalb va amal tasdiqlagandagina iymoniga ishonsa boʻladi.

Bu holat ayniqsa bugungi kunimizda keng tarqalgandir. Ogʻzi bilan iymon-Islomni daʼvo qiluvchilar juda ham koʻp. Ammo ish bilan tasdiqlashga kelganda, aksariyati oʻzini chetga oladi. Bundaylar, kishining dini qalbida boʻladi, Islom dini amallarini qilmaganimiz bilan dilimizda hurmatimiz bor, deb soʻzamollik qiladi. Bu hammasi nifoq. Behuda gap.

Yahudiylarning kimligi qadimdan maʼlum. Ularning qilmishlari oyatning sababi nuzuli haqidagi rivoyatda zikr qilingan. Ularning mazkur qilmishlaridan xafa boʻlmaslik kerakligini Alloh taolo Paygʻambariga uqtirmoqda:

«Ular yolgʻonni koʻp eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar».

Yaʼni, sening huzuringda bir jinoyat haqida fatvo soʻrab kelgan munofiq yahudiylar yolgʻonni koʻp eshitadilar va bularni oldingga yuborib, oʻzlari kelmay qolganlardan ham tinglaydilar. Yana, ular:

«Soʻzlarni joylaridan oʻzgartirurlar».

Yaʼni, ular Tavrotdagi soʻzlarni oʻz joyidan oʻzgartiradilar. Oʻrniga boshqa soʻzlarni qoʻyadilar. Maʼnosini buzib aytadilar. Jumladan, mazkur jinoyatning hukmi haqida Tavrotda kelgan soʻzlarni ham oʻzgartirganlar.

«Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir boʻlinglar»,–derlar».

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga fatvo soʻrab kelish uchun odam yuborayotgan yahudiylar vositachilarga: «Agar Muhammad sizlarga ushbu jinoyat haqida yengil hukm aytsa, qabul qilinglar, agar yengil hukm aytmasa, hazir boʻlinglar, u hukmni olmanglar», deyishadi. Koʻrinib turibdiki, ular shariat hukmiga amal qilmoqchi emaslar. Oʻzlarining koʻngillariga yoqsa, olib, yoqmasa, rad qilmoqchilar. Yahudiylar Tavrotdagi hukm ogʻir ekanligini biladilar. Unga amal qilmasliklari voqelikdagi bor narsa. Iymon keltirib musulmon ham boʻlmaganlar. Ammo havoi nafslaridagi hukmni tasdiqlash uchun, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga murojaat etib, yengil hukm boʻlsa, olishmoqchi. Keyin esa, mana, bu hukmni bizga falonchi oʻzi belgilagan, deb oʻzlariga hujjat qilishmoqchi.

Bugungi kunda xuddi shu xildagi odamlar juda koʻpayib ketgan. Oʻzi Islom shariatiga umuman amal qilmaydi. Umrida boshi sajda koʻrmagan. Baʼzan nochor holga tushib qolgan paytda shariatning hukmini soʻrab qoladi. Ittifoqo, shariat hukmi uning xohishiga toʻgʻri kelib qolsa, biz bu ishni shariatga mos qilmoqdamiz, deb kerilib yuradi. Toʻgʻri kelmasa, bu qadimgi zamonga mos hukm, hozir sharoit oʻzgarib ketgan, nima boʻlsa ham, koʻnglimiz toza, deb ketaveradi. Mana shu qilmishining oʻzi uning koʻngli buzuq va iflos ekanini bildiradi. Bunday odamlarni oyati karimada, kufrga oshiqqanlar, deb taʼrif qilinmoqda.

Avval aytilganidek, Alloh taolo Paygʻambariga kufrga oshiqayotgan bundaylarning qilmishidan xafa boʻlmaslikni tayinladi va ular fitna yoʻlida yurganlarini bayon qilib:

«Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan boʻladigan biron narsani toʻsa olmassan»,–dedi.

Mazkur shaxslar fitna yoʻlida yuribdilar, Alloh ularni fitnaga solib qoʻygan, xafa boʻlish, kuyinishning hojati yoʻq. Baribir, foyda qilmaydi. Buning ustiga:

«Alloh ana oʻshalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi».

Ularning qalblari nopok. Oʻzlari shuni xohladilar. Qalblari nopok boʻlmaganda, mazkur ishlarni qilmas edilar. Ularning niyati buzuq boʻlgani uchun Alloh ham qalblarini poklashni iroda qilmadi. Binobarin:

«Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor».

Keyingi oyati karima ularning vasfini davom ettiradi: