QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят43

وَكَيْفَ يُحَكِّمُونَكَ وَعِندَهُمُ ٱلتَّوْرَىٰةُ فِيهَا حُكْمُ ٱللَّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوْنَ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlarida Tavrot bo`la turib, unda Allohning hukmi bo`la turib, qanday qilib seni hakam qilurlar-u, so`ngra yana yuz o`girib keturlar? Ular mo`min emaslar.Ўзларида Таврот бўла туриб, унда Аллоҳнинг ҳукми бўла туриб, қандай қилиб сени ҳакам қилурлар-у, сўнгра яна юз ўгириб кетурлар? Улар мўмин эмаслар.Alauddin Mansour: Oldilarida Tavrot, unda Allohning hukmi boʻlgani holda Sizdan hukm soʻrab, soʻngra (yaʼni, hukm qilganingizdan keyin qanday) yuz oʻgirib ketadilar-a? Ular hech moʻmin emaslar!Олдиларида Таврот, унда Аллоҳнинг ҳукми бўлгани ҳолда Сиздан ҳукм сўраб, сўнгра (яъни, ҳукм қилганингиздан кейин қандай) юз ўгириб кетадилар-а? Улар ҳеч мўмин эмаслар!

115-sahifa · 6-juz · 12-hizb115-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَيْفَva qanday qilibва қандай қилибيُحَكِّمُونَكَseni hakam qiladilarсени ҳакам қиладиларوَعِندَهُمُholbuki, oʻzlarida borҳолбуки, ўзларида борٱلتَّوْرَىٰةُTavrotТавротفِيهَاundaундаحُكْمُhukmiҳукмиٱللَّهِAllohningАллоҳнингثُمَّsoʻngraсўнграيَتَوَلَّوْنَyuz oʻgirib ketarlarюз ўгириб кетарларمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинذَٰلِكَ ۚshuшуوَمَآva emasва эмасأُو۟لَـٰٓئِكَoʻshalarўшаларبِٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Bu yerda ularning qilmishlaridan ikki marta ajablanish bor. Avvalo, bilmoqchi boʻlgan hukmlari qoʻllaridagi Tavrotda bor. Holbuki, ular Tavrotni, bizga Alloh bergan ilohiy kitob, unga amal qilmoqdamiz, deb faxr ila tilga olishadi. Demak, oʻzlarida Tavrot turib va unda mazkur masalaning hukmi boʻlaturib, yana Rasulullohni hakam qilishlari ajablanarli. Yahudiylarning bu harakati, ular Allohning hukmini emas, oʻzlariga yoqadigan hukmni axtarishayotganini koʻrsatadi. Ikkinchi ajablanarli hol–Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukm chiqarib bersalar va bu hukm Tavrot hukmiga toʻgʻri kelib qolsa, yuz oʻgirib ketishlari. Demak, ular Allohning hukmini mutlaqo xohlamaydilar. Agar zarracha xohlaganlarida, ikki tomonlama tasdiqlangan hukmni quvonch ila kutib olar edilar. Mazkur shaxslarning bu qilmishlaridan bilib olsa boʻladiki:

«Ular moʻmin emaslar».

Allohga boʻlgan iymon bilan Uning hukmiga yurmaslik, shariatga amal qilmaslik holati bir yerda jam boʻlishi mumkin emas. Kimki men moʻmin-musulmonman desa-yu, Allohning hukmiga amal qilmay, boshqaning hukmiga yursa, ogʻzida iymon keltirib, qalbida iymon keltirmagan boʻladi.

Allohning hukmiga amal qilish lozimligi hamma diyonatlarda ham bor narsa: