وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَآ أَنَّ ٱلنَّفْسَ بِٱلنَّفْسِ وَٱلْعَيْنَ بِٱلْعَيْنِ وَٱلْأَنفَ بِٱلْأَنفِ وَٱلْأُذُنَ بِٱلْأُذُنِ وَٱلسِّنَّ بِٱلسِّنِّ وَٱلْجُرُوحَ قِصَاصٌ ۚ فَمَن تَصَدَّقَ بِهِۦ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَّهُۥ ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz unda ularga: jonga — jon, ko`zga — ko`z, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar zolimlardir.Биз унда уларга: жонга — жон, кўзга — кўз, бурунга — бурун, қулоққа — қулоқ, тишга — тиш ва жароҳатларда қасос вожиб, деб ёздик. Ким у(қасос)ни кечиб юборса, бу унга каффоротдир. Ким Аллоҳ нозил қилган нарса ила ҳукм юритмаса, ўшалар золимлардир.Alauddin Mansour: Unda (yaʼni, Tavrotda) yahudiylarga jonga jon, koʻzga koʻz, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va (yana boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos olinadi, deb yozib qoʻydik. Endi kim uni (yaʼni, qasosni) kechib yuborsa, oʻzi uchun kafforat (yaʼni, gunohlarni oʻchirib yuboruvchi) boʻlur. Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir.Унда (яъни, Тавротда) яҳудийларга жонга жон, кўзга кўз, бурунга бурун, қулоққа қулоқ, тишга тиш ва (яна бошқа барча) жароҳатларга ҳам қасос олинади, деб ёзиб қўйдик. Энди ким уни (яъни, қасосни) кечиб юборса, ўзи учун каффорат (яъни, гуноҳларни ўчириб юборувчи) бўлур. Кимда-ким Аллоҳ нозил қилган дин билан ҳукм қилмас экан, бас, улар золимлардир.
Yaʼni, Biz Tavrotda, yahudiylarga jinoyatchilardan qasos olishni vojib, deb yozdik. Jonga–jon, yaʼni, odam oʻldirganning oʻzi ham oʻldiriladi. Koʻzga–koʻz, yaʼni, birovning koʻzini koʻr qilgandan uning ham koʻzini koʻr qilish ila qasos olinadi. Burun, quloq, tish va boshqa aʼzolar, shuningdek, yetgan jarohatlarga ham shunga oʻxshatib qasos olinadi.
Ushbu hukm Islom shariatida ham oʻzgartirilmasdan qabul qilingan.
«Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir».
Yaʼni, gunohlarining kechirilishiga sababdir.
«Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, oʻshalar zolimlardir».
Allohning hukmi ila hukmdorlik qilmaganlar yuqoridagi oyatda kofir deb atalgan edi. Bu oyatda oʻsha vasfga zolimlik ham qoʻshilmoqda. Endigi oyatda esa, Tavrotdan keyin kelgan Paygʻambar va kitob haqida soʻz ketadi: