وَقَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِم بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ ۖ وَءَاتَيْنَـٰهُ ٱلْإِنجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.Уларнинг изларидан Ийсо ибн Марямни ўзидан олдинги Тавротни тасдиқловчи қилиб юбордик. Унга Инжилни бердик. Унда ҳидоят ва нур бор. У ўзидан олдинги Тавротни тасдиқлагувчидир. У тақводорлар учун ҳидоят ва мавъизадир.Alauddin Mansour: Ularning izlaridan oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlgan Iyso binni Maryamni ergashtirdik va unga hidoyat va nurni oʻz ichiga olgan, oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va taqvodorlar uchun hidoyat, pand-nasihat boʻlgan Injilni berdik.Уларнинг изларидан ўзидан олдинги Тавротни тасдиқловчи бўлган Ийсо бинни Марямни эргаштирдик ва унга ҳидоят ва нурни ўз ичига олган, ўзидан олдинги Тавротни тасдиқлагувчи ва тақводорлар учун ҳидоят, панд-насиҳат бўлган Инжилни бердик.
Yaʼni, yahudiylarning Paygʻambarlari izidan Iyso ibn Maryamni Paygʻambar qilib yubordik, deydi Alloh taolo. Iyso ibn Maryam alayhissalom oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib kelganlar. Alloh taolo u zotga Injil kitobini bergan.
«Unda hidoyat va nur bor».
Injilda ham kishilarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi hidoyat va ularga ikki dunyo saodat yoʻllarini yorituvchi nur bor.
«U oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchidir».
Yaʼni, Injil Tavrot shariatiga baʼzi oʻzgarishlar kiritgan, xolos. Shu bilan birga:
«U taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir».
Ha, ilohiy kitoblardagi hidoyatdan manfaat topish uchun taqvoli boʻlish kerak. Bu kitoblardagi hidoyat va nurning foydasi taqvosi borlarga tegadi. Taqvodan xoli, gʻaflat bosgan qalblarga esa, bu nur va hidoyat kirib bormaydi. Alloh tushirgan kitobda hidoyat mavjudligi aniq, nur mavjudligi aniq, endi oʻsha hidoyat va nurdan manfaat topish uchun ochiq-hassos qalb kerak. Taʼsirchan qalb kerak. Mogʻor bosib, toshga, kesakka aylangan qalb kerak emas.