وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ ٱلْإِنجِيلِ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فِيهِ ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَـٰسِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritsinlar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana o`shalar fosiqlardir.Инжил аҳли унда Аллоҳ нозил қилган нарса ила ҳукм юритсинлар. Ким Аллоҳ нозил қилган нарса ила ҳукм юритмаса, ана ўшалар фосиқлардир.Alauddin Mansour: Hamda (buyurdik) «Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm qilsinlar!» Kimda-kim Alloh nozil etgan din bilan hukm etmas ekan, ular fosiqlar — itoatsiz kimsalardir.Ҳамда (буюрдик) «Инжил аҳли унда Аллоҳ нозил қилган нарсалар билан ҳукм қилсинлар!» Кимда-ким Аллоҳ нозил этган дин билан ҳукм этмас экан, улар фосиқлар — итоатсиз кимсалардир.
Demak, Injilga eʼtiqod qilgan nasorolar ham unda Alloh nozil qilgan hukmlar ostida, oʻsha hukmlarni joriy qilgan holda yashamoqlari kerak boʻlgan. Alloh nozil etgan narsa ila hukm yuritishlik umumiy hol boʻlgan. Tavrot ahli undagi hukmlar ostida, Injil ahli ham undagi hukmlar ostida yashamoqlari matlub boʻlgan. Qurʼon tushib boʻlganidan keyin esa, hamma baravariga Qurʼonning ahkomlari ostida yashashi vojibga aylangan.
Alloh taoloning talabi shu:
«Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana oʻshalar fosiqlardir».
Eʼtibor berilsa, oxirgi oyatlarda:
«Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa»,–degan shart uch marta keldi. Javobi esa, uch xil boʻldi. Avval «kofirlar», keyin «zolimlar», uchinchisida «fosiqlar» deyildi. Bundan chiqadiki, Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmaslik ham kofirlik, ham zolimlik va ham fosiqlik boʻladi.
Yahudiylar Tavrot, nasorolar Injil hukmini joriy etib yashamoqlari lozim boʻlganini bayon qilgandan soʻng, avvalgi barcha shariatlarni, jumladan, Tavrot va Injil shariatini ham bekor qilib, oʻrniga qiyomat kunigacha boqiy qolishi uchun Alloh tomonidan mukammal etib yuborilgan Islom haqidagi soʻzlar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob ila boshlanadi: