QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят48

وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلْحَقِّ ۚ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَـٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۖ فَٱسْتَبِقُوا۟ ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz senga kitobni haq ila, o`zidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. O`zingga kelgan haqni qo`yib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yo`l qilib qo`ydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qo`yar edi. Ammo U sizlarni O`zi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzuridadir. Bas, o`shanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar berur.Ва Биз сенга китобни ҳақ ила, ўзидан олдинги Китобни тасдиқловчи ва унинг устидан назорат этгувчи қилиб нозил қилдик. Бас, улар орасида Аллоҳ нозил этган нарса ила ҳукм юрит. Ўзингга келган ҳақни қўйиб, уларнинг хоҳишларига эргашма. Сизлардан ҳар бирингизга алоҳида шариат ва йўл қилиб қўйдик. Агар Аллоҳ хоҳласа, ҳаммангизни бир уммат қилиб қўяр эди. Аммо У сизларни Ўзи ато этган нарсада синамоқ истайдир. Яхшиликка шошилингиз. Ҳаммангизнинг қайтар жойингиз Аллоҳ ҳузуридадир. Бас, ўшанда ихтилоф қилган нарсаларингиз ҳақида хабар берур.Alauddin Mansour: Sizga esa (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oʻzidan oldingi kitob(larni) tasdiqlaguvchi va u (kitoblar) ustida guvoh boʻlgan bu Kitobni haqqirost nozil qildik. Bas, odamlar oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va Sizga kelgan Haqdan yuz oʻgirib, ularning havoyi nafslariga ergashmang! Sizlardan har bir millat (yaʼni, din) uchun (alohida) shariat va yoʻl qilib qoʻydik. Agar Alloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib qoʻygan boʻlur edi. Lekin oʻzi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon qilish uchun (har bir millatga alohida shariat yoʻl qilib qoʻydi). Bas, yaxshi amallarga shoshilingiz! Barchangiz Allohga qaytishingiz bor. Soʻng U zot sizlarga ixtilof qilguvchi boʻlgan narsalaringizning xabarini berur.Сизга эса (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ўзидан олдинги китоб(ларни) тасдиқлагувчи ва у (китоблар) устида гувоҳ бўлган бу Китобни ҳаққирост нозил қилдик. Бас, одамлар ўртасида Аллоҳ нозил қилган нарса билан ҳукм қилинг ва Сизга келган Ҳақдан юз ўгириб, уларнинг ҳавойи нафсларига эргашманг! Сизлардан ҳар бир миллат (яъни, дин) учун (алоҳида) шариат ва йўл қилиб қўйдик. Агар Аллоҳ хоҳласа эди, ҳаммангизни бир миллат қилиб қўйган бўлур эди. Лекин ўзи ато этган нарсаларда сизларни имтиҳон қилиш учун (ҳар бир миллатга алоҳида шариат йўл қилиб қўйди). Бас, яхши амалларга шошилингиз! Барчангиз Аллоҳга қайтишингиз бор. Сўнг У зот сизларга ихтилоф қилгувчи бўлган нарсаларингизнинг хабарини берур.

116-sahifa · 6-juz · 12-hizb116-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنزَلْنَآva Biz nozil qildikва Биз нозил қилдикإِلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниبَيْنَoldidagiолдидагиيَدَيْهِoʻzidanўзиданمِنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobniкитобниوَمُهَيْمِنًاva nazorat etguvchiва назорат этгувчиعَلَيْهِ ۖuning ustidanунинг устиданفَٱحْكُمbas, hukm yuritбас, ҳукм юритبَيْنَهُمular orasidaулар орасидаبِمَآnarsa ilaнарса илаأَنزَلَnozil etganнозил этганٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعْergashmaэргашмаأَهْوَآءَهُمْularning xohishlarigaуларнинг хоҳишларигаعَمَّاnarsani qoʻyibнарсани қўйибجَآءَكَsenga kelganсенга келганمِنَ-dan-данٱلْحَقِّ ۚhaqҳақلِكُلٍّۢhar birigaҳар биригаجَعَلْنَاqilib qoʻydikқилиб қўйдикمِنكُمْsizlardanсизларданشِرْعَةًۭshariatшариатوَمِنْهَاجًۭا ۚva yoʻlва йўлوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳلَجَعَلَكُمْalbatta sizni qilar ediалбатта сизни қилар эдиأُمَّةًۭummatумматوَٰحِدَةًۭbirбирوَلَـٰكِنlekinлекинلِّيَبْلُوَكُمْsizlarni sinamoq uchunсизларни синамоқ учунفِى-da-даمَآnarsaнарсаءَاتَىٰكُمْ ۖU sizga ato etganУ сизга ато этганفَٱسْتَبِقُوا۟bas, shoshilingizбас, шошилингизٱلْخَيْرَٰتِ ۚyaxshiliklargaяхшиликларгаإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳمَرْجِعُكُمْqaytar joyingizқайтар жойингизجَمِيعًۭاhammangizningҳаммангизнингفَيُنَبِّئُكُمbas, U sizga xabar beradirбас, У сизга хабар берадирبِمَاnarsa haqidaнарса ҳақидаكُنتُمْsiz boʻlganсиз бўлганفِيهِundaундаتَخْتَلِفُونَixtilof qilganихтилоф қилган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimani har bir musulmon yaxshi oʻrganib chiqmoqligi va oʻziga singdirmoqligi bugungi kunda juda ham muhim. Oʻzicha musulmonman deb yurganlar ham yaxshilab oʻrgansalar, aslida kimliklarini bilib olgan boʻlar edilar.

Alloh taolo bu oyati karimani Paygʻambarimizga:

«Va Biz senga Kitobni haq ila, oʻzidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik»,–deyish bilan boshlamoqda.

Qurʼon, undan kelib chiqadigan Islom shariati Alloh tomonidan tushgan. Uni tushiruvchi–butun borliqning Robbi Alloh taoloning Oʻzi. Kim uni inkor etsa, Allohni inkor etadi. Kim Qurʼonni hurmatsiz qilsa, Allohni hurmatsizlagan boʻladi. Islom shariatiga nisbatan past nazar bilan qaragan kimsa Allohga past nazar bilan qaragan boʻladi. Qurʼon va Islom shariati taʼlimotlari ila ish tutishdan bosh tortgan odam Allohning taʼlimotlaridan bosh tortgan boʻladi. Kim shunday qilsa, hech qanday holda oʻzini musulmon atashga haqqi yoʻq.

Qurʼoni Karim bu oyatda qanday sifatlanayotganiga qarang:

«oʻzidan oldingi kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi».

Yaʼni, Qurʼoni Karim oʻzidan oldingi kitoblarda kelgan ilohiy taʼlimotlarni tasdiqlaydi. U oxirgi va boqiy kitob, shuning uchun ham, oldingi kitoblarga haqiqiy bahoni u beradi. Qurʼoni Karim oxirgi kitob boʻlgani uchun ham hamma taʼlimotlar ustidan nozir va hakamdir. Ulardagi ixtilof va kelishmovchiliklar haqidagi hukmlar ham Qurʼondan chiqadi.

Alloh tomonidan nozil qilingan haqiqiy nazoratchi–hakam turganda, odamlarning fikriga, firqalarning dasturiga, davlatlarning mafkurasiga yoʻl boʻlsin!

Paygʻambariga mazkur sifatlarga ega kitobni nozil qilgan Alloh taolo quyidagi amrni qilishi ayni muddaodir:

«Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit».

Boshqa gap yoʻq. Yer yuzida Allohning hukmi joriy boʻlishi lozim. Kim oʻzini Allohning bandasiman desa, Uning roziligini topish maqsadi boʻlsa, bu haqiqatni toʻlaligicha, chin koʻngildan qabul etmoqligi lozim. Boʻlmasa, Allohga qarshi chiqqan boʻladi.

«Oʻzingga kelgan haqni qoʻyib, ularning xohishlariga ergashma».

Demak, bu ishda hech qanday uzr ketmaydi. Odamlarda turli xohishlar boʻlishi mumkin. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga oʻz xohishlarini turli uzrlarga oʻrab koʻrsatishlari mumkin. Ammo Alloh taolo oldindan Paygʻambarini ogohlantirib, hech kimning hech qanaqa xohishini eʼtiborga olmay, Allohning aytganinigina qilishga buyurib qoʻymoqda.

Rivoyatlarda zikr qilinishicha, ushbu jumlaga yahudiylarning baʼzi muammolari sabab boʻlgan ekan. Ular Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Biz bilan baʼzi hukmlarni oʻzgartirishga, jumladan, zinokorni toshboʻron qilishni bekor qilishga va boshqa ishlarga kelishsang, senga iymon keltiramiz», deyishgan ekan. Ana shunda Alloh taolo odamlarning xohishiga ergashmasdan Allohning hukmini amalga oshirish zarurligini taʼkidlagan.

Islom olamshumul–barcha xalqlar, barcha odamlar, barcha zamonlar va barcha makonlarga salohiyatli din. Agar bugun bir millatning bu dinga kirishiga qiziqib, uning talabiga asosan Allohning hukmini oʻzgartirilsa, ertaga boshqa bir millat oʻz talabi, oʻz sharti bilan keladi. Ehtimol, bu talab, avvalgilarning talabiga mutlaqo zid boʻlar. Unda, Islom hammaning ustidan kuzatuvchi–hakamlik sifatini, ilohiy mukammal dinlik sifatini yoʻqotib, odamlar qoʻlidagi oʻyinchoqqa aylanib qoladi.

Ana shu haqiqatni bayon qilish uchun Alloh quyidagilarni aytadi:

«Sizlardan har biringizga alohida shariat va yoʻl qilib qoʻydik».

Har bir xalqning oʻziga yarasha urf-odati, hayot kechirish yoʻli, uslubi bor. Bu narsalar oʻz-oʻzidan, behudaga boʻlgani yoʻq. Bir hikmati boʻlishi kerak. Holbuki, hamma odamlar bir xil yashab, bir xil hayot kechirishsa, boʻlmasmidi?

«Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qoʻyar edi».

Lekin qilmadi. Turli-tuman, xilma-xil qilib qoʻydi. Xoʻsh, buning hikmati nima? Nima uchun shunday boʻldi?

«U sizlarni Oʻzi ato etgan narsada sinamoq istaydir».

Yaʼni, Alloh taolo odamlarni turli xalq va millatlarga boʻlishidan, ularga turli shariat va yoʻl berishidan chiqadigan hikmat– ularni sinab koʻrish. Ular Alloh bergan dinda yuradilarmi, shariatga amal qiladilarmi, yoʻqmi? Qiyomatda–Allohning huzurida haqiqat yuzaga chiqadi. Bu dunyo, sinov, imtihon dunyosi, unda odamlar turli- tuman boʻlib yuraverishadi. U dunyoda esa, Allohning aytganini qilganlargina najot topadilar. Modomiki, ahvol shunday ekan:

«Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Allohning huzuridadir».

Hamma xilma-xil boʻlishi bilan, qaytar joy bitta–Allohning huzuri. Demak, inson bir xil boʻladimi, har xil boʻladimi, eng avvalo, Allohning roziligini topish uchun harakat qilishi lozim boʻladi. Allohning roziligi Islomga amal qilishda ekanini Allohning Oʻzi aytib qoʻygan. Demak, yaxshilikka shoshilingiz! Islomga shoshilingiz! Ana oʻshandagina Allohning huzuriga qaytganingizda, hijolat tortmaysiz. Chunki Alloh qiyomat kunida:

«Bas, oʻshanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar beradi».