QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят49

وَأَنِ ٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ وَٱحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَنۢ بَعْضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir bo`l. Agar yuz o`girsalar, bilki, Alloh ularni ba'zi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir. Albatta, odamlardan ko`plari fosiqlardir.Улар орасида Аллоҳ нозил этган нарса ила ҳукм юрит. Уларнинг хоҳишларига эргашма ва улар сени Аллоҳ сенга нозил қилган нарсада фитнага солишларидан ҳазир бўл. Агар юз ўгирсалар, билки, Аллоҳ уларни баъзи гуноҳлари туфайли мусийбатга солишни ирода қилибдир. Албатта, одамлардан кўплари фосиқлардир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qoʻyishlaridan ehtiyot boʻling! Agar (Sizning hukmingizdan) yuz oʻgirsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan koʻplari itoatsizdirlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улар ўртасида Аллоҳ нозил қилган нарса билан ҳукм қилинг, уларнинг ҳавойи нафсларига эргашманг ва Аллоҳ Сизга нозил қилган ҳукмларнинг айримларидан Сизни буриб фитнага солиб қўйишларидан эҳтиёт бўлинг! Агар (Сизнинг ҳукмингиздан) юз ўгирсалар, билингки, Аллоҳ уларга айрим гуноҳлари сабабли мусибат етказишни истамоқда. Шубҳасиз, одамлардан кўплари итоатсиздирлар.

116-sahifa · 6-juz · 12-hizb116-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنِva shukiва шукиٱحْكُمhukm yuritҳукм юритبَيْنَهُمular orasidaулар орасидаبِمَآnarsa ilaнарса илаأَنزَلَnozil etganнозил этганٱللَّهُAllohАллоҳوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعْergashэргашأَهْوَآءَهُمْularning xohishlarigaуларнинг хоҳишларигаوَٱحْذَرْهُمْva ulardan hazir boʻlва улардан ҳазир бўлأَن-ishlaridan-ишлариданيَفْتِنُوكَseni fitnaga solishlariсени фитнага солишлариعَنۢ-dan-данبَعْضِbaʼziбаъзиمَآnarsaнарсаأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳإِلَيْكَ ۖsengaсенгаفَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirsalarюз ўгирсаларفَٱعْلَمْbas, bilkiбас, билкиأَنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатيُرِيدُiroda qilibdiирода қилибдиٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ni-ниيُصِيبَهُمularni musibatga solishуларни мусибатга солишبِبَعْضِbaʼzilari tufayliбаъзилари туфайлиذُنُوبِهِمْ ۗgunohlariгуноҳлариوَإِنَّva albattaва албаттаكَثِيرًۭاkoʻplariкўплариمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِodamlarодамларلَفَـٰسِقُونَalbatta, fosiqlardirалбатта, фосиқлардир
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni odamlarning xohishlariga ergashib, shariat hukmini tark etishdan qaytargan edi. Bu oyati karimada esa, Alloh taolo nozil etgan narsa–Islom shariati ila odamlar orasida hukm yuritish zarurligini yana bir bor taʼkidlayapti. Soʻngra, avvalgidan koʻra daqiqroq ishdan ham qaytarib:

«Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir boʻl»,–demoqda.

Yaʼni, odamlar shariat hukmini yuritishda baʼzi juzʼiy kamchiliklar boʻlishini taklif qilsa ham, qabul etma, deganidir.

Nomaʼqul odamlar shariatga umuman amal qilmaslik haqida takliflar kiritadilar, bu qabul boʻlmasa, kichikroq oʻzgartirish kiritishni taklif etadilar. Tabiiyki, bu ham qabul boʻlmaydi. Shunda Alloh insof berganlari oʻziga kelib, haqiqatga taslim boʻladi. Musulmon boʻlib hayot kechirishni boshlaydi. Insofga kelmaganlari esa, yuz oʻgirib ketadi. Buni nima deb baholash kerak? Islom daʼvatining muvaffaqiyatsizligimi yoki boshqa narsami? U paytda daʼvatchi nima qilishi kerak? Allohning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qilgan xitobi ushbu savollarga javob boʻladi:

«Agar yuz oʻgirsalar, bilki, Alloh ularni, baʼzi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir».

Demak, kim yuz oʻgirsa, oʻziga zarar. Oʻzi musiybatga uchraydi. Allohning shariatidan yuz oʻgirgani uchun bu dunyoda boshiga turli- tuman, ehtimol, koʻpchilikning koʻziga koʻrinmaydigan, aqli idrok etolmaydigan musiybatlarga tushadi. U dunyoda esa, haqiqiy va cheksiz musiybatlarga duchor boʻlishi turgan gap. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va u zotning merosxoʻrlari boʻlmish Islom daʼvatchilari esa, hammani rozi qilaman, deb urinib, ularning xohishiga qarab ish tutishni xayollariga ham keltirmasliklari kerak. Chunki:

«Albatta, odamlardan koʻplari fosiqlardir».

«Fosiq» degani din chegarasidan chiquvchi, boshqa tomonga burilib ketuvchi, deganidir. Musulmonman deb, hatto taqvodorlikni daʼvo qilib yurgan koʻplarga nazar solinsa, oʻzining shaxsiy manfaati yoʻlida shariat hukmlariga rioya qilmay qoʻyishlari koʻriladi. Ular turlicha taklif-mulohazalar ham kiritib turadilar. Bu taklif va mulohazalar ortida ham, aslida oʻzlarining shaxsiy manfaatlari yotadi. Ammo ularning bu hollarining Islomga daxli yoʻq. Islom daʼvatiga kirgan shaxslar bu haqiqatni hech unutmasliklari lozim.

Odamlar ikki yoʻldan birini tanlashlari kerak: