QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят51

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلْيَهُودَ وَٱلنَّصَـٰرَىٰٓ أَوْلِيَآءَ ۘ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُۥ مِنْهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni o`zingizga do`st tutmang. Ular bir-birlari bilan do`stdirlar. Sizdan kim ularni do`st tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas.Эй, иймон келтирганлар! Яҳудий ва насороларни ўзингизга дўст тутманг. Улар бир-бирлари билан дўстдирлар. Сиздан ким уларни дўст тутса, албатта, у улардандир. Албатта, Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят этмас.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, yahudiylar va nasroniylarni doʻst tutmangiz! Ularning baʼzilari baʼzilariga doʻstdirlar. Sizlardan kim ularga doʻst boʻlsa, bas, u oʻshalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.Эй мўминлар, яҳудийлар ва насронийларни дўст тутмангиз! Уларнинг баъзилари баъзиларига дўстдирлар. Сизлардан ким уларга дўст бўлса, бас, у ўшалардандир. Албатта, Аллоҳ золим қавмни ҳидоят қилмас.

117-sahifa · 6-juz · 12-hizb117-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlarзотларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганلَاemasэмасتَتَّخِذُوا۟tutinglarтутингларٱلْيَهُودَyahudiylarniяҳудийларниوَٱلنَّصَـٰرَىٰٓva nasorolarniва насороларниأَوْلِيَآءَ ۘdoʻstдўстبَعْضُهُمْularning baʼzilariуларнинг баъзилариأَوْلِيَآءُdoʻstdirlarдўстдирларبَعْضٍۢ ۚbaʼzilarigaбаъзиларигаوَمَنva kimва кимيَتَوَلَّهُمularni doʻst tutsaуларни дўст тутсаمِّنكُمْsizdanсизданفَإِنَّهُۥbas, albatta, uбас, албатта, уمِنْهُمْ ۗulardandirулардандирإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat etarҳидоят этарٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Biz oyatda, doʻst tutmang, deb tarjima etgan ibora Qurʼoni Karimda «valiy» lafzi bilan kelgan. «Valiy» soʻzi esa, biz oʻgirgan «doʻst tutish» maʼnosidan koʻra chuqurroq va kengroq maʼnoni ifodalaydi. Valiy boʻlishlik oʻzaro birlashish, yordamchilar ittifoqi tuzish maʼnosini anglatadi. Qurʼoni Karimning ahli kitoblarga nisbatan yaxshi muomalada boʻlish haqidagi maʼlumotlari boshqa masala, ularni valiy tutmaslik haqidagi koʻrsatmasi bosh- qa masaladir.

«Ular bir-birlari bilan doʻstdirlar».

Yahudiy va nasorolar kofirligi tufayli bir-birlari bilan doʻst boʻladilar. Islom nuqtai nazaridan kufr millati bir millat hisoblanadi. Ular hammasi Islomga qarshidirlar. Bu haqiqatni musulmonlar tushunib olmoqlari zarurdir. Ana shunga qarab munosabatda boʻlish kerak.

«Sizdan kim ularni doʻst tutsa, albatta, u ulardandir».

Musulmonlardan kim kofirlarni doʻst tutsa, ular bilan birgalashsa, ularni oʻziga yaqin deb bilsa, shubhasiz, musulmonlar bilan oʻz aloqasini kesgan boʻladi. U ham oʻsha kofirlar safidan joy oladi.

«Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas.»

Kofirlarni doʻst tutganlar oʻziga ham, musulmonlar jamiyatiga ham zulm qilgan boʻladilar. Unday zolim qavmlarni Alloh taolo, albatta, hidoyat qilmaydi.