فَتَرَى ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يُسَـٰرِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَىٰٓ أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةٌ ۚ فَعَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِىَ بِٱلْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِّنْ عِندِهِۦ فَيُصْبِحُوا۟ عَلَىٰ مَآ أَسَرُّوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ نَـٰدِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qalblarida kasallik borlarning «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qo`rqamiz» deb, ular tomon shoshilganini ko`rasan. Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki O`z tomonidan biron ish ato qilsayu o`zlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar.Қалбларида касаллик борларнинг «Замон айланиб бизга мусийбат етишидан қўрқамиз» деб, улар томон шошилганини кўрасан. Шоядки, Аллоҳ фатҳу нусрат берса ёки Ўз томонидан бирон иш ато қилсаю ўзларича сирлашган нарсаларига надомат қилсалар.Alauddin Mansour: Bas, Siz dillarida maraz boʻlgan kimsalar: «Bizga biron balo yetishidan qoʻrqamiz», degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini koʻrasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga gʻalaba bersa yoki oʻz huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar.Бас, Сиз дилларида мараз бўлган кимсалар: «Бизга бирон бало етишидан қўрқамиз», деган ҳолларида улар (кофирлар) томонга шошаётганларини кўрасиз. Шояд Аллоҳ мусулмонларга ғалаба берса ёки ўз ҳузуридан (бу мунофиқ кимсаларни шарманда қиладиган) бирон ишни келтириб, улар ичларида яширган нарсаларига надомат қилувчиларга айланиб қолсалар.
Ushbu masalani yaxshiroq tushunib olishimiz uchun bu oyati karimalarning nozil boʻlishiga sababchi hodisani oʻrganishimizga toʻgʻri keladi.
Imom ibn Jarir Tobariy Idrisdan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Otamdan eshitganman, u esa Atiyy ibn Saʼddan eshitgan. U bunday deb aytgan ekan: «Bani Horis ibn al-Hazrajlik Uboda ibn Somit Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey, Allohning Rasuli, mening yahudiylardan valiylarim bor. Ularning soni koʻp. Men Alloh va Uning Rasuli uchun yahudiylarning valiyligidan voz kechaman. Hamda, men endi, faqat Allohni va Uning Rasulini oʻzimga valiy deb bilaman», dedi. Shunda (munofiqlarning boshligʻi) Abdulloh ibn Ubay: «Men zamonning aylanishidan qoʻrqadigan odamman. Shuning uchun, oʻz valiylarimdan voz kechmayman»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Ubayga: «Ey Abul Habob, Uboda ibn Somitga qarshi yahudiylarning valiyligiga baxillik qilganing senga boʻlsin»,–dedilar. U: «Qabul qildim»,–dedi. Shunda Alloh taolo:
«Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni oʻzingizga doʻst tutmang» oyatlarini nozil qildi».
Boshqa rivoyatlarda taʼkidlanishicha, Uboda ibn Somitning yahudiy doʻst-valiylaridan voz kechishiga, ularning Islomga va Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga qilgan xiyonat va dushmanliklari sabab boʻlgan. Shunday ishlarni qilib turganlarni oʻzini bilgan musulmon qanday doʻst tutadi? Aslo! Ularni doʻst tutish uchun ushbu oyatda vasfi kelgan oʻtaketgan munofiq kabi boʻlish kerak, xolos.
«Qalblarida kasallik borlarning, «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qoʻrqamiz» deb, ular tomon shoshilganini koʻrasan».
Yaʼni, mazkur kofirlarni, din dushmanlarini doʻst tutish uchun qalbida kasali bor–munofiq boʻlish kerak. Shu bilan birga, zamon aylanib musulmonlar yengilib qolsa, gʻoliblarning zarbasi ostida qolmayin, deb qoʻrqadigan ham boʻlish kerak. Demak, Islomga u ixlos bilan kirgan emas. Musulmonlar ustun kelib turganda, ulardan qoʻrqib, tili bilan musulmonligini izhor qilgan, baʼzi ibodatlarga va diniy koʻrsatmalarga ham amal qilib turgan. Lekin qalbi kasal–marazga toʻla. Payt poylab turadi. Musulmonlarga qarshi boʻlgan kofirlar bilan ham doʻstlashib, hamkorlik qilib, mobodo, zamon aylanib, ular musulmonlardan ustun kelib qolsa, menga zarar berishmasin, deb turadi. Lekin ish tamoman boshqacha boʻlib chiqishi ham mumkin.
«Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki Oʻz tomonidan biron ish ato qilsayu oʻzlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar».
Haqiqatda ham shunday boʻldi. Ammo keyingi nadomat befoyda.
Musulmonlarga fathu nusrat kelib, qalblarida kasallik borlar kofirlarni doʻst tutganlariga afsus-nadomat qilib turganlarida: