QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят53

وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَهَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ ۙ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ ۚ حَبِطَتْ أَعْمَـٰلُهُمْ فَأَصْبَحُوا۟ خَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlar: «O`zlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon ko`rguvchilardan bo`ldilar.Иймон келтирганлар: «Ўзларини сизлар билан деб, Аллоҳнинг номи ила жон-жаҳдлари ила қасам ичганлар анавиларми?» – дейишади. Амаллари беҳуда кетди. Бас, зиён кўргувчилардан бўлдилар.Alauddin Mansour: (Shunda) moʻminlar (bir-birlariga): «Jon-jahdlari bilan «Sizlar bilan birgamiz», deb qasam ichganlar shularmi?», deydilar. U munofiqlarning qilgan amallari behuda ketdi va oʻzlari ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolishdi.(Шунда) мўминлар (бир-бирларига): «Жон-жаҳдлари билан «Сизлар билан биргамиз», деб қасам ичганлар шуларми?», дейдилар. У мунофиқларнинг қилган амаллари беҳуда кетди ва ўзлари зиён кўргувчиларга айланиб қолишди.

117-sahifa · 6-juz · 12-hizb117-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُva deyishadiва дейишадиٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганأَهَـٰٓؤُلَآءِanavilarmi?анавиларми?ٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأَقْسَمُوا۟qasam ichganlarқасам ичганларبِٱللَّهِAllohning nomi ilaАллоҳнинг номи илаجَهْدَjon-jahdlari ilaжон-жаҳдлари илаأَيْمَـٰنِهِمْ ۙqasamlariningқасамларинингإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَمَعَكُمْ ۚsizlar bilanсизлар биланحَبِطَتْbexuda ketdiбехуда кетдиأَعْمَـٰلُهُمْamallariамаллариفَأَصْبَحُوا۟bas, boʻldilarбас, бўлдиларخَـٰسِرِينَziyon koʻrguvchilardanзиён кўргувчилардан
TafsirТафсир

Moʻminlar jamoasi Allohdan kelgan fathu nusratning nashidasini surib, xursandchilik qilisharkan, bir chekkada turgan munofiqlarning holini koʻrishadi. Ular: «Zamon aylanib, kofirlar ustun kelib qolsa, nima boʻladi?»–deb kofirlar bilan doʻst-valiy boʻlishgan edi. Munofiqlarning bundayin ayanchli holini koʻrgach, oyatda kelgan gaplarni aytishadi. Darhaqiqat, bu munofiqlarning nifoq ila qilgan baʼzi ibodatlari va yaxshi amallari behuda ketadi, yaʼni, habata boʻladi. Zaharli oʻsimlik yeb qoʻyib, qorni yorilib oʻlgan hayvon bilan barobar boʻladi.

Ammo munofiqlarning bunaqa ikkiyuzlama ishlari aslo dinga zarar yetkaza olmaydi. Alloh Oʻz dinini muhofaza qila oladi. Keyingi oyat shu haqda: