QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят55

إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُمْ رَٰكِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizning valiylaringiz Alloh, Uning Payg`ambari va bo`ysungan hollarida namozni qoim qilib, zakotni ado etadigan iymon keltirganlardir.Албатта, сизнинг валийларингиз Аллоҳ, Унинг Пайғамбари ва бўйсунган ҳолларида намозни қоим қилиб, закотни адо этадиган иймон келтирганлардир.Alauddin Mansour: Sizlarning doʻstingiz faqat Alloh, Uning paygʻambari va taʼzim-tavozeʼ qilgan hollarida namozni toʻkis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan moʻminlardir.Сизларнинг дўстингиз фақат Аллоҳ, Унинг пайғамбари ва таъзим-тавозеъ қилган ҳолларида намозни тўкис адо этадиган, закотни (ҳақдорларга) ато этадиган мўминлардир.

117-sahifa · 6-juz · 12-hizb117-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатوَلِيُّكُمُsizning valiylaringizсизнинг валийларингизٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥva Uning Paygʻambariва Унинг Пайғамбариوَٱلَّذِينَva oʻsha zotlarва ўша зотларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиيُقِيمُونَqoim qiladilarқоим қиладиларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَيُؤْتُونَva ato etadilarва ато этадиларٱلزَّكَوٰةَzakotniзакотниوَهُمْva ularва уларرَٰكِعُونَboʻyinsungan holdaбўйинсунган ҳолда
TafsirТафсир

Musulmon kishi oʻz valiylarini–ishonchli doʻstlarini bilib olishi lozim. Ular kimlar?

Eng avvalo, Alloh taoloning Oʻzidir. Soʻngra Uning Paygʻambari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdir. Va nihoyat, iymon keltirganlardir. Avvalgi oyatlarda zikri kelgan ogʻzi bilan iymon keltirib, qalblari iymon keltirmaganlar emas, balki haqiqiy moʻminlardir.

Haqiqiy moʻminlarni ajratib oladigan alomatlardan biri– ular doimo Allohga boʻysungan holda hayot kechiradilar. Yana bir ulkan alomatlari–namozni qoim qilishlari, yaʼni, turgʻizishlaridir. «Namoz oʻqidingmi?–Oʻqidim» darajasidagi oddiy namoz emas, haqiqiy, Alloh iroda qilgan maqomda namozni qoim qiladilar. Unday namozlar, Alloh boshqa bir oyatda zikr qilganidek, «fahsh va munkar ishlardan qaytaradigan» boʻlishi kerak. Agar birov namoz oʻqisa-yu, namozi uni yomon ishlardan qaytarmasa, demak, namozni qoim qilolmabdi.

Valiy boʻlishga arziydigan moʻminlarning sifatlaridan yana biri–zakotni ado etishlaridir. Zakot moliyaviy ibodat boʻlib, boylarning iymonini sinaydigan amaldir. Zakotning bir nomi sadaqa–tasdiqlovchi hamdir. Kimki molu dunyoga boʻlgan hirsidan gʻolib kelib, zakotni chiqarib haqdorga berar ekan, bu ishi uning iymoni haqiqiy ekanini tasdiqlaydi. Ana shunday iymonlari tasdiqlangan moʻminlargina valiylikka yaraydilar.