وَمَن يَتَوَلَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَإِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْغَـٰلِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohni, Uning Payg`ambarini va iymon keltirganlarni valiy qilib olsa, bas, albatta, Allohning hizbi — ana o`shalar g`oliblardir.Ким Аллоҳни, Унинг Пайғамбарини ва иймон келтирганларни валий қилиб олса, бас, албатта, Аллоҳнинг ҳизби — ана ўшалар ғолиблардир.Alauddin Mansour: Kimki Allohni, Uning paygʻambarini va moʻminlarni doʻst tutsa, (najot topgay), zero faqat Allohning guruhigina gʻolib boʻlguvchidir.Кимки Аллоҳни, Унинг пайғамбарини ва мўминларни дўст тутса, (нажот топгай), зеро фақат Аллоҳнинг гуруҳигина ғолиб бўлгувчидир.
Qachonki moʻmin-musulmonlar Allohni oʻzlariga valiy–doʻst tutishni oʻrniga keltirsalar, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni valiy–doʻst tutishni yaxshi yoʻlga qoʻysalar va oʻzlarining ixlosli moʻmin birodarlarini valiy–doʻst tutsalar, Allohning hizbi boʻladilar. Allohning hizbidagilar esa, doim gʻolibdirlar.
Va nihoyat, keyingi oyatda kofirlarni umuman valiy–doʻst tutib boʻlmasligi bayon qilinadi: