يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَٱلْكُفَّارَ أَوْلِيَآءَ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Diningizni masxara va o`yin qilib olgan sizdan oldin kitob berilganlar va kufr keltirganlarni valiy — do`st tutmang. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga taqvo qiling.Эй, иймон келтирганлар! Динингизни масхара ва ўйин қилиб олган сиздан олдин китоб берилганлар ва куфр келтирганларни валий — дўст тутманг. Агар мўмин бўлсангиз, Аллоҳга тақво қилинг.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlardan ilgari kitob berilganlar ichidan diningizni hazil-masxara qilib olgan kimsalarni va kofirlarni doʻst tutmangiz! Agar moʻmin boʻlsangizlar, Allohdan qoʻrqingiz!Эй мўминлар, сизлардан илгари китоб берилганлар ичидан динингизни ҳазил-масхара қилиб олган кимсаларни ва кофирларни дўст тутмангиз! Агар мўмин бўлсангизлар, Аллоҳдан қўрқингиз!
Ushbu oyati karimalar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nozil boʻlayotgan vaqtda munofiqlar, mushrik-kofirlar va ahli kitoblar–yahudiylar Islom dinini masxara qilar edilar. Ammo hukm umumiydir–kim Islomni masxara qilsa, oʻyin qilsa, kofir boʻladi. Kofirni esa, u xoh butparast boʻlsin, xoh xudosiz boʻlsin, xoh ahli kitob boʻlsin, valiy–doʻst tutib boʻlmaydi. Toʻgʻri, Islomda ahli kitoblarga keng bagʻirli boʻlish, yaxshi muomala qilish, ayollariga uylanish, taomlaridan halol boʻlganini isteʼmol qilish va boshqa baʼzi ishlarga ruxsat berilgan. Lekin bu ishlar boshqa, valiy–doʻst tutish boshqa. Doʻst tutish deganda, butun vujudi bilan berilib yaqinlashish va oʻzaro yordamlashish koʻzda tutiladi. Avvalgi ishlar oddiy insoniy, axloqiy masalalar boʻlsa, valiy–doʻst tutish aqiyda, dinu diyonat va iymon masalasidir. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyat soʻngida:
«Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling»,–demoqda.
Haqiqiy moʻmin kishi Allohdan qoʻrqadi–taqvo qiladi. Taqvo esa, oʻz navbatida, kofirlarni doʻst tutmaslikni taqozo etadi.