وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ ٱتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar namozga nido qilsangiz, ular uni masxara va o`yin qilishadi. Bu ularning aql qilmaydigan qavmligidandir.Агар намозга нидо қилсангиз, улар уни масхара ва ўйин қилишади. Бу уларнинг ақл қилмайдиган қавмлигидандир.Alauddin Mansour: Sizlar qachon namozga chaqirsangiz (azon aytsangiz), ular oʻsha (namozni) masxara oʻyin qilib oladilar. Bunga sabab ularning aqlsiz — johil qavm ekanliklaridir.Сизлар қачон намозга чақирсангиз (азон айтсангиз), улар ўша (намозни) масхара ўйин қилиб оладилар. Бунга сабаб уларнинг ақлсиз — жоҳил қавм эканликларидир.
Dinsizlar, kofirlar va xudosizlar turli yoʻllar bilan Islom dinini masxaralashadi, oʻyin qilishadi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu narsa avj olgan. Xudosizlar zulmi ostida yashagan musulmonlar buni juda yaxshi bilishadi.
Ammo, Alloh taolo Oʻz dinini masxara va oʻyin qiluvchilarga misol tariqasida aynan namozni masxara va oʻyin qilishlarini alohida koʻrsatayotganida katta maʼno bor. Avvalo, namoz dinning ustuni va eng bosh ramzlaridan biridir. Musulmon bilan kofirni ajratib turadigan omil. Qolaversa, kofirlar ham Islomni masxara qilishda koʻproq namozni moʻljal qiladilar. Xudosizlarning dinga qarshi olib boradigan faoliyatiga nazar soladigan boʻlsak, buni yaqqol koʻramiz. Ularning dinga qarshi nutqlarida, maqolalarida, eshittirishlarida va koʻrsatuvlarida, kino va teatrlarida–hamma-hammasida namozni masxara qilish bor. Namozga azon aytilganda: «Ana endi musulmonlarning falon qilishi boshlanadi», deb masxara qilganlarini oʻzimiz koʻrib-eshitganmiz. Shu va shunga oʻxshash boshqa hollarni oʻylab, Qurʼoni Karimning moʻʼjizasiga yana bir bor tan beriladi.
Kofirlarni doʻst tutmaslik haqidagi moʻminlarga qaratilgan chaqiriqlar tamom boʻlgandan soʻng Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qiladi: