QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят59

قُلْ يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ هَلْ تَنقِمُونَ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلُ وَأَنَّ أَكْثَرَكُمْ فَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey, ahli kitoblar! Bizni faqat Allohga hamda o`zimizga nozil qilingan va avvallari nozil qilingan narsalarga iymon keltirganimiz uchun va sizlarning ko`pchiligingiz fosiq bo`lganingiz uchun ayblaysizlarmi?!» – deb ayt.«Эй, аҳли китоблар! Бизни фақат Аллоҳга ҳамда ўзимизга нозил қилинган ва авваллари нозил қилинган нарсаларга иймон келтирганимиз учун ва сизларнинг кўпчилигингиз фосиқ бўлганингиз учун айблайсизларми?!» – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ey ahli kitob, sizlar bizni Allohga, bizga nozil qilingan Kitob (Qurʼon)ga va ilgari nozil qilingan kitoblarga iymon keltirganimiz, sizlarning koʻpchiligingiz esa fosiq — itoatsiz boʻlganingiz sababligina yomon koʻrasizlar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Эй аҳли китоб, сизлар бизни Аллоҳга, бизга нозил қилинган Китоб (Қуръон)га ва илгари нозил қилинган китобларга иймон келтирганимиз, сизларнинг кўпчилигингиз эса фосиқ — итоатсиз бўлганингиз сабаблигина ёмон кўрасизлар».

118-sahifa · 6-juz · 12-hizb118-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтيَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblarкитобларهَلْ-mi?-ми?تَنقِمُونَayblaysizlarайблайсизларمِنَّآbizdanбизданإِلَّآfaqatфақатأَنْshuni(ki)шуни(ки)ءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْنَاbizgaбизгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганمِن-dan-данقَبْلُavvalаввалوَأَنَّva albattaва албаттаأَكْثَرَكُمْkoʻpchiligingizкўпчилигингизفَـٰسِقُونَfosiqdirфосиқдир
TafsirТафсир

Ahli kitob boʻlsin, xudosiz boʻlsin, mushrik boʻlsin, munofiq boʻlsin, kim boʻlishidan qatʼinazar, musulmon boʻlmaganlarning musulmonlarni yomon koʻrishiga asosiy sabab ahli Islomning iymonidir. Kofirlarning bu ishlari hech qanday mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan bir holat. Oʻylab koʻring-a: iymonsiz odam moʻmin insonni moʻmin boʻlgani uchun yomon koʻrsa!... Qoʻpolroq misol keltiradigan boʻlsak, bu narsa aroqxoʻr-alkash kimsaning aroq ichmaydigan pok odamni faqat aroq ichmagani uchun yomon koʻrishidek gap. Aroq koni zarar narsa, buni alkashning oʻzi ham boshqalardan koʻra yaxshi biladi. Ammo, baribir, aroq ichmaydigan odamni aynan aroq ichmagani uchun yomon koʻradi.

Shunga oʻxshab, kofirlar musulmonlarni faqat musulmon boʻlganlari uchun yomon koʻradilar. Musulmon odam ularga yomonlik qilmaydi. Hech bir ishiga zarar yetkazmaydi. Ammo kofir uni yomon koʻradi. Xudosizlarning qilmishlarini eslang. Yuz minglab musulmonlarni faqat musulmon boʻlganlari uchun oʻldirdilar. Masjid, madrasalarni buzdilar. Kitoblarni yoqdilar. Oʻylab koʻring, bir guruh musulmon yilda bir marta keladigan hayit namozini oʻqish uchun odamlar koʻzidan yiroq, pana-pastqam joyda toʻplandilar. Komfirqaning rahbarlari melisalar bilan kelib, hammalarini kaltaklab, quvdilar. Qoʻlga tushganini olib borib qamadilar. Nima uchun? Namoz oʻqimoqchi boʻlgani uchun! Ha, musulmonlarning aybi–musulmon boʻlgani. Bu «ayb» uchun ularni kofirlar har qanday jazoga tortishga oʻzlarini haqli deb biladilar. Ularga bu haqni kim berdi? Kofirligi, fosiqligi berdi.

Musulmon Allohga ishonadi, Alloh nozil qilgan kitobga–Qurʼonga ishonadi. Alloh yuborgan Paygʻambarga–Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ishonadi. Birovga yomonlik qilmaydi. Ichmaydi, harom-xarish yemaydi, buzuqlikka yurmaydi, oʻgʻrilik-gʻarlik qilmaydi. Birovning haqini yemaydi. Birovga zulm qilmaydi. Qoʻlidan va tilidan odamlarga faqat yaxshilik keladi, yomonliklardan qaytadi. Shu narsalar uning bosh aybi. Xudosiz esa, Xudoga ishonmaydi–kofir. Qurʼonga, Paygʻambarga, nimaiki yaxshilik keltiradigan narsa boʻlsa, ishonmaydi. Ibodat qilmaydi. Ichadi, chekadi, zino qiladi, oʻgʻrilik-gʻarlik, poraxoʻrlik, zulm qiladi, dunyoda nimaiki yomonlik boʻlsa, qaytmaydi. Shu bilan birga, xudosiz boʻlgani unga moʻmin-musulmonni ayblash-azoblash haq-huquqini beradi goʻyo. Ushbu oyatda ahli kitoblarga qaratib berilgan, oʻzida inkorni mujassamlashtirgan savol hamma kofirlarga, jumladan, Islom diniga, musulmonlarga qarshi boʻlganlarga ham qaratilgan. Ularning javoblari qanday boʻladi? Javob bermoqchi boʻlsalar ham, bu javob qilmishlaridan ham mantiqsiz chiqishi turgan gap.

Kelasi oyati karimada ham Alloh taoloning Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qilayotgan xitobi davom etadi.