QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят60

قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكَ مَثُوبَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ مَن لَّعَنَهُ ٱللَّهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ ٱلْقِرَدَةَ وَٱلْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ ٱلطَّـٰغُوتَ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sizlarga Allohning huzuridagi bundan ham ko`ra yomonroq «savob»ning xabarini beraymi? Kim Allohning la'natiga uchragan, g`azabiga duchor bo`lgan, maymun va cho`chqaga aylantirilgan va tog`utga ibodat qilgan bo`lsa, ana o`shalar yomon martabadagi va to`g`ri yo`ldan butunlay adashgan kimsalardir», – deb ayt!«Сизларга Аллоҳнинг ҳузуридаги бундан ҳам кўра ёмонроқ «савоб»нинг хабарини берайми? Ким Аллоҳнинг лаънатига учраган, ғазабига дучор бўлган, маймун ва чўчқага айлантирилган ва тоғутга ибодат қилган бўлса, ана ўшалар ёмон мартабадаги ва тўғри йўлдан бутунлай адашган кимсалардир», – деб айт!Alauddin Mansour: Ayting: «Sizlarga Allohning huzurida bundan koʻra yomonroq «savob» (jazo oladigan kimsalar) haqida xabar beraymi? Ular Allohning laʼnatiga duchor boʻlgan, gʻazabiga giriftor boʻlgan va maymun, toʻngʻizlarga aylantirib qoʻyilganlar hamda shaytonga qul boʻlgan kimsalardir. Ana oʻshalar eng yomon martabada boʻlgan va butunlay Toʻgʻri Yoʻldan ozgan kimsalardir.Айтинг: «Сизларга Аллоҳнинг ҳузурида бундан кўра ёмонроқ «савоб» (жазо оладиган кимсалар) ҳақида хабар берайми? Улар Аллоҳнинг лаънатига дучор бўлган, ғазабига гирифтор бўлган ва маймун, тўнғизларга айлантириб қўйилганлар ҳамда шайтонга қул бўлган кимсалардир. Ана ўшалар энг ёмон мартабада бўлган ва бутунлай Тўғри Йўлдан озган кимсалардир.

118-sahifa · 6-juz · 12-hizb118-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтهَلْ-mi?-ми?أُنَبِّئُكُمsizlarga xabarini berayсизларга хабарини берайبِشَرٍّۢyomonrogʻiёмонроғиمِّن-dan-данذَٰلِكَbuбуمَثُوبَةً«savob» jihatidan«савоб» жиҳатиданعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингمَنkimкимلَّعَنَهُuni laʼnatlaganуни лаънатлаганٱللَّهُAllohАллоҳوَغَضِبَva gʻazablanganва ғазабланганعَلَيْهِungaунгаوَجَعَلَva aylantirganва айлантирганمِنْهُمُulardanуларданٱلْقِرَدَةَmaymunlargaмаймунларгаوَٱلْخَنَازِيرَva choʻchqalargaва чўчқаларгаوَعَبَدَva ibodat qilganва ибодат қилганٱلطَّـٰغُوتَ ۚtogʻutgaтоғутгаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларشَرٌّۭyomonroqёмонроқمَّكَانًۭاmartabadaмартабадаوَأَضَلُّva koʻproq adashganва кўпроқ адашганعَن-dan-данسَوَآءِtoʻgʻriтўғриٱلسَّبِيلِyoʻlйўл
TafsirТафсир

Ahli kitoblar musulmonlarga iymonlarini ayb qilib qoʻyishlari avvalgi oyatda qoralangan edi. Endi undan ham battar ishlar boʻlib oʻtgani bayon etilmoqda. U zamon bu hodisalarda faqat yahudiylargina (ahli kitoblar sifatida) ishtirok etganlari uchun bu yerda oʻshalarning holi koʻrsatilmoqda. Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ularga musulmonlarning iymonlarini ayblashdan ham koʻra yomonroq «savob» haqida xabar berishni buyurmoqda. U «savob»:

Birinchidan:

«Kim Allohning laʼnatiga uchragan», boʻlsa.

Yahudiylarning Alloh taoloning laʼnatiga uchrashi, rahmatidan quvilishi boshqa suralarda batafsil bayon etilgan. Yahudiylardan boshqa laʼnatga uchragan qavm zikri Qurʼonda kelmagan. Oʻzlari shunday ulkan «savob»ga–Allohning laʼnatiga uchrab turib, yana musulmonlarni Allohga va U nozil qilgan narsaga iymon keltirganlari uchungina ayblashni ularga kim qoʻyibdi?!

Ikkinchidan:Allohning

«gʻazabiga duchor boʻlgan», boʻlishlari.

Bu ham boshqa suralarda koʻproq bayon qilingan. Oʻzi Allohning gʻazabiga uchragan maʼlum va mashhur qavm boʻlsa-yu, musulmonlarni iymonlari uchungina ayblashsa?!

Uchinchidan:

«maymun va choʻchqaga aylantirilgan»lari.

Yahudiylarning maymun va choʻchqaga aylantirilishlari haqidagi batafsil bayonotlar ham boshqa suralarda keladi. Allohga isyonlari va beodobliklari uchun maymun va choʻchqaga aylantirib qoʻyishdek «savob»ga musharraf boʻlgan badbaxtlar Allohga va U zot nozil qilgan narsaga iymon keltirganliklari uchungina musulmonlarni ayblab oʻtirsa?!

Toʻrtinchidan:

«va togʻutga ibodat qilgan boʻlsa».

Yahudiylar Allohning koʻrsatmasidan chiqib, togʻutga ibodat qilganlar. Togʻut, avval aytib oʻtilganidek, Allohdan boshqa maʼbuddir. Togʻut–Allohning hukmidan boshqa hukm chiqaruvchidir. Togʻutga ibodat qilish Allohning shariatini qoʻyib, undan boshqaning shariatiga yurishdir. Kim Allohning shariati oʻrniga shariat (qonunlar majmuasi) chiqarsa, u togʻutdir.

Bu joydagi «togʻutga ibodat qildi» jumlasi «unga sajda qildi» degan maʼnoni bildirmaydi. «Ibodat»ning maʼnosi keng va shomildir. Allohning koʻrsatmasini qoʻyib, boshqaning koʻrsatmasiga yurish maʼnosini bildiradi. Ahli kitoblar ahbor va rohiblarini iloh qilib olganliklari haqida oyat tushganda, Adiy ibn Hotim Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Biz ularga ibodat qilganimiz yoʻq-ku», degan maʼnoda savol beradi. Shunda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sizlar ular halol degan narsani halol, harom degan narsani harom sanagansizlar, shu ularga ibodat qilganingizdir, degan maʼnoda gap aytganlar.

Oʻzlari togʻutga ibodat qilgan yahudiylarga, Allohga ibodat qiladigan musulmonlarni ayblashni kim qoʻyibdi?! Qanday haqlari bor?! Birovni ayblashdan oldin oʻzlarining kim ekanliklarini bir oʻylab olsinlar. Chunki, oʻzlari:

«yomon martabadagi va toʻgʻri yoʻldan butunlay adashgan kimsalardir».

Yuqorida yahudiylarning tarixda olgan «savob»lari haqida maʼlumot berildi. Keyingi oyatlarda ularning boshqa sifatlari bayon qilinadi: