وَإِذَا جَآءُوكُمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَقَد دَّخَلُوا۟ بِٱلْكُفْرِ وَهُمْ قَدْ خَرَجُوا۟ بِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُوا۟ يَكْتُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular huzuringizga kelsalar, iymon keltirdik, derlar. Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz. Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir.Улар ҳузурингизга келсалар, иймон келтирдик, дерлар. Ҳолбуки, уларнинг куфр ила кириб, куфр ила чиқишлари шубҳасиз. Аллоҳ улар беркитган нарсани яхши биладир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), ular sizlarning oldingizga kelganlarida: «Iymon keltirdik», deydilar. Holbuki, ular (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, sizning huzuringizga) kofir holda kirib, kofir holda chiqurlar. Alloh ular yashiruvchi boʻlgan narsani (yaʼni, dillaridagi kufrni) juda yaxshi bilguvchidir.(Эй мўминлар), улар сизларнинг олдингизга келганларида: «Иймон келтирдик», дейдилар. Ҳолбуки, улар (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сизнинг ҳузурингизга) кофир ҳолда кириб, кофир ҳолда чиқурлар. Аллоҳ улар яширувчи бўлган нарсани (яъни, дилларидаги куфрни) жуда яхши билгувчидир.
Bu oyat munofiq yahudiylar haqida ekani koʻrinib turibdi. Zotan, munofiqlik aslida ulardan chiqqan. Oʻsha paytlarda munofiqlar asosan yahudiylardan boʻlgan, desak ham boʻlaveradi. Munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning yahudiy boʻlgani maʼlum va mashhur. Munofiq yahudiylar musulmonlarning huzurlariga kelganlarida, iymon keltirdik, deydilar. Shahodat kalimalarini qayta-qayta aytishlari, baʼzi ibodatlarda peshqadam boʻlib ishtirok etishlari ham mumkin. Ammo, Alloh taolo ularning kofir ekanliklariga guvohlik berib turibdi:
«Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz».
Ogʻizlarida «iymon keltirdik» deb aytgan chogʻlarida ham kofir edilar, chiqib ketishlarida ham kufr hollarida ketdilar. Bunga hech qanday shubha yoʻq. Ular oʻzlaricha, musulmonlarni bopladik, deb oʻylaydilar. Holbuki, bu qilmishlari oʻzlariga zarar. Chunki:
«Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir».
Binobarin, hammasining jazosini beradi. Bugungi kunda ham musulmonlar huzurida, biz ham musulmonmiz, deb koʻkraklariga urayotgan turli toifa munofiqlar bu haqiqatni yaxshi anglasinlar.