وَتَرَىٰ كَثِيرًا مِّنْهُمْ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ulardan ko`plarining gunohga, dushmanlikka va harom yemoqqa oshiqayotganini ko`rasan. Qilayotgan ishlari qanday ham yomon!Ва улардан кўпларининг гуноҳга, душманликка ва ҳаром емоққа ошиқаётганини кўрасан. Қилаётган ишлари қандай ҳам ёмон!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularning koʻplarini gunoh, zulm tomonga va haromxoʻrlikka chopayotganlarini koʻrasiz. Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларнинг кўпларини гуноҳ, зулм томонга ва ҳаромхўрликка чопаётганларини кўрасиз. Қилаётган ҳунарлари нақадар ёмон ҳунар!
Kufr va munofiqlik hukm surgan jamiyatlarda, qavmlarda oʻzi shunday: razolat keng quloch yoyadi, dinsiz va munofiqlar gunoh ishlarda, dushmanlik va zulmda hamda haromxoʻrlikda bir-biridan oʻzishga harakat qiladi. Chunki ular kofirdirlar. Chunki ular munofiqdirlar. Kofirlarning Xudodan ham, oxiratdan ham umidlari yoʻq, shuning uchun, razolatga oshiqadilar. Nima qilib boʻlsa ham, havoi nafsini qondirishning payidan boʻladilar. Munofiqlar esa, moʻmin-musulmonlarni ishontiryapman-ku, boshqalarni ham ishontirib keta olaman, deb oʻz nafslariga ham munofiqlik qiladilar. Shuning uchun, razolatga oshiqadilar. Har turli yoʻl bilan havoi nafslarini qondirishga urinadilar. Holbuki:
«Qilayotgan ishlari qanday ham yomon!»