QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят63

لَوْلَا يَنْهَىٰهُمُ ٱلرَّبَّـٰنِيُّونَ وَٱلْأَحْبَارُ عَن قَوْلِهِمُ ٱلْإِثْمَ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robboniylari va ahborlari ularni gunoh aytish va haromni yeyishdan qaytarsalar bo`lmasmi?! Qilayotgan hunarlari qanday ham yomon-a!Роббонийлари ва аҳборлари уларни гуноҳ айтиш ва ҳаромни ейишдан қайтарсалар бўлмасми?! Қилаётган ҳунарлари қандай ҳам ёмон-а!Alauddin Mansour: Olim va donishmandlari ularni gunoh soʻzlardan, haromxoʻrlikdan qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar.Олим ва донишмандлари уларни гуноҳ сўзлардан, ҳаромхўрликдан қайтармайдиларми?! Қилаётган ҳунарлари нақадар ёмон ҳунар.

118-sahifa · 6-juz · 12-hizb118-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَوْلَاboʻlmasmi?бўлмасми?يَنْهَىٰهُمُularni qaytarsalarуларни қайтарсаларٱلرَّبَّـٰنِيُّونَrobboniylariроббонийлариوَٱلْأَحْبَارُva ahborlariва аҳборлариعَن-dan-данقَوْلِهِمُularning aytishlariуларнинг айтишлариٱلْإِثْمَgunohniгуноҳниوَأَكْلِهِمُva yeyishlariва ейишлариٱلسُّحْتَ ۚharomniҳаромниلَبِئْسَqanday ham yomonқандай ҳам ёмонمَاnarsaнарсаكَانُوا۟edilarэдиларيَصْنَعُونَqilayotgan hunarlariқилаётган ҳунарлари
TafsirТафсир

Avvalgi oyatlar tafsirida aytilganidek, robboniy–ish boshi, tarbiyada masʼul kishilar, ahborlar esa, diniy olimlardir. Bundan shunday maʼno chiqadiki, har bir jamiyatning robboniylari–hukm yuritish va tarbiya qilish masʼuliyati boʻyniga yuklatilgan hokimlari va diniy olimlari oʻz qavmlarini gunohdan va haromxoʻrlikdan qaytarishlari lozim ekan. Buni Islomda «amri maʼruf, nahyi munkar», deyiladi. Jamiyatning yaxshi boʻlishi, muvaffaqiyatlarga erishishi uchun amri maʼruf, nahyi munkar zarur. Aks holda, oqibati rasvolikdir. Mazkur yahudiylarning halokatga uchrashlarining asosiy sabablaridan biri ham munkar (yomon ish) qiluvchini yomonlikdan qaytarmaganlari boʻlgan. Qaysi bir jamiyatda kishilarga amri maʼruf va nahyi munkar qilinmasa, yaʼni, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarilmasa, shubhasiz, u jamiyat halokatga yuz tutadi. Gunohdan qaytarish va haromdan man etish boʻlmas ekan, oqibati voydir.