QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят64

وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ يَدُ ٱللَّهِ مَغْلُولَةٌ ۚ غُلَّتْ أَيْدِيهِمْ وَلُعِنُوا۟ بِمَا قَالُوا۟ ۘ بَلْ يَدَاهُ مَبْسُوطَتَانِ يُنفِقُ كَيْفَ يَشَآءُ ۚ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَـٰنًا وَكُفْرًا ۚ وَأَلْقَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَٰوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ كُلَّمَآ أَوْقَدُوا۟ نَارًا لِّلْحَرْبِ أَطْفَأَهَا ٱللَّهُ ۚ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًا ۚ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiylar: «Allohning qo`li bog`liqdir», dedilar. Qo`llari bog`lansin ularning! Aytganlari uchun la'natga uchrasinlar! Aksincha, Allohning ikki qo`li ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrini ziyoda qilur. Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon ko`rishni soldik. Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh o`chirur. Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar. Alloh fasod qilguvchilarni sevmas.Яҳудийлар: «Аллоҳнинг қўли боғлиқдир», дедилар. Қўллари боғлансин уларнинг! Айтганлари учун лаънатга учрасинлар! Аксинча, Аллоҳнинг икки қўли очиқ, хоҳлаганича нафақа қилур. Сенга Роббингдан нозил қилинган нарса улардан кўпларининг туғён ва куфрини зиёда қилур. Уларнинг орасига қиёмат кунигача душманлик ва ёмон кўришни солдик. Улар қачон уруш оловини ёқсалар, Аллоҳ ўчирур. Улар ер юзида фасод қилиб юрарлар. Аллоҳ фасод қилгувчиларни севмас.Alauddin Mansour: Yahudiylar: «Allohning qoʻli bogʻliq (yaʼni, baxil)», dedilar. Oʻzlarining qoʻllari bogʻlanib qolgay va aytgan gaplari bilan laʼnatga uchragaylar. Yoʻq! U zotning qoʻllari ochiqdir va Oʻzi istagandek infoq-ehson qilur. Sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa (Qurʼon) ulardan koʻplariga tugʻyon va kufrni ziyoda qilishi shubhasizdir. Ularning oralariga to Qiyomat Kunigacha (davom etadigan) bugʻzu adovatni tashlab qoʻyganmiz. Ular qachon (Sizga qarshi) urush olovini yoqsalar, Alloh uni oʻchirur. Ular Yerda buzgʻunchilik qilib yururlar. Alloh esa buzgʻunchi kimsalarni sevmas.Яҳудийлар: «Аллоҳнинг қўли боғлиқ (яъни, бахил)», дедилар. Ўзларининг қўллари боғланиб қолгай ва айтган гаплари билан лаънатга учрагайлар. Йўқ! У зотнинг қўллари очиқдир ва Ўзи истагандек инфоқ-эҳсон қилур. Сизга Парвардигорингиз томонидан нозил қилинган нарса (Қуръон) улардан кўпларига туғён ва куфрни зиёда қилиши шубҳасиздир. Уларнинг ораларига то Қиёмат Кунигача (давом этадиган) буғзу адоватни ташлаб қўйганмиз. Улар қачон (Сизга қарши) уруш оловини ёқсалар, Аллоҳ уни ўчирур. Улар Ерда бузғунчилик қилиб юрурлар. Аллоҳ эса бузғунчи кимсаларни севмас.

118-sahifa · 6-juz · 12-hizb118-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَتِva dedilarва дедиларٱلْيَهُودُyahudiylarяҳудийларيَدُqoʻliқўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَغْلُولَةٌ ۚbogʻliqdirбоғлиқдирغُلَّتْbogʻlansinбоғлансинأَيْدِيهِمْularning qoʻllariуларнинг қўллариوَلُعِنُوا۟va laʼnatga uchrasinlarва лаънатга учрасинларبِمَاnarsa uchunнарса учунقَالُوا۟ ۘaytganlariайтганлариبَلْbalkiбалкиيَدَاهُUning ikki qoʻliУнинг икки қўлиمَبْسُوطَتَانِochiqdirочиқдирيُنفِقُnafaqa qilarнафақа қиларكَيْفَqandayқандайيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَلَيَزِيدَنَّva albatta ziyoda qilarва албатта зиёда қиларكَثِيرًۭاkoʻplariningкўпларинингمِّنْهُمulardanуларданمَّآnarsaнарсаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكَsengaсенгаمِن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингطُغْيَـٰنًۭاtugʻyonniтуғённиوَكُفْرًۭا ۚva kufrniва куфрниوَأَلْقَيْنَاva Biz soldikва Биз солдикبَيْنَهُمُularning orasigaуларнинг орасигаٱلْعَدَٰوَةَdushmanlikniдушманликниوَٱلْبَغْضَآءَva yomon koʻrishniва ёмон кўришниإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматكُلَّمَآhar qachonҳар қачонأَوْقَدُوا۟yoqsalarёқсаларنَارًۭاolovniоловниلِّلْحَرْبِurush uchunуруш учунأَطْفَأَهَاuni oʻchirarуни ўчирарٱللَّهُ ۚAllohАллоҳوَيَسْعَوْنَva saʼy qilib yurarlarва саъй қилиб юрарларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَسَادًۭا ۚfasodфасодوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيُحِبُّsevarсеварٱلْمُفْسِدِينَfasod qilguvchilarniфасод қилгувчиларни
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima yahudiylarning Alloh taologa nisbatan katta beodobliklaridan birini keltirish bilan boshlanmoqda. Alloh taolo toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga borib:

«Yahudiylar: «Allohning qoʻli bogʻliqdir», dedilar».

Bu gaplari bilan, Alloh baxil, demoqchilar. Hamma ayblardan xoli boʻlgan Alloh taoloni «baxil» deya sifatlash uchun faqat yahudiy boʻlish kerak. Faqat ulargina bunday daʼvo qilishga jurʼat etishlari mumkin. Aslida, baxillik yahudiylarning oʻzlariga xos. Ular dunyodagi eng baxil xalq hisoblanadilar. Oyatning davomida:

«Qoʻllari bogʻlansin ularning», deb duo qilinmoqda.

Qurʼoni Karim haq: duoi badga duchor boʻlgan yahudiylarning qoʻllari doimiy bogʻliqdir. Davomida:

«Va aytganlari uchun laʼnatga uchrasinlar», deyilgan.

Ularning laʼnatga uchraganlari haqida oyatlar koʻpdir. Keyingi jumlada laʼnati yahudiylarning bu daʼvolariga javob keladi:

«Balki Allohning ikki qoʻli ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur».

Alloh taoloning nafaqat insonlarga, balki butun maxluqotlarga bergan va beradigan neʼmatlari hadsiz-hisobsiz ekanligi ochiq va ravshan. Bu haqiqatni anglab yetish uchun koʻp dalil kerak emas.

«Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrlarini ziyoda qilur».

Yahudiylarning qalblari hiqdu hasadga toʻlaligi sababli Islomga qarshi tugʻyon va kufrlari ziyodadir. Xususan, Alloh nozil qilgan Qurʼoni Karim ularning hiqdu hasadini battar qoʻzgʻaydi. Chunki, Qurʼon oyatlari doimo ularni fosh etadi va sharmanda qiladi. Oqibatda, yahudiylarning tugʻyon va kufrlari yanada ziyoda boʻladi.

Yahudiylar hayotida boʻladigan yana bir holat:

«Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon koʻrishni soldik».

Sirtdan qaralsa, yahudiylar oʻzaro ittifoq, ahil-inoq, muhabbatlari ziyoda boʻlib koʻrinadi. Aslini olganda, tarixchilarning taʼkidlashlaricha, qadimdan yahudiylar toifa-toifa boʻlib oʻzaro ashaddiy dushmanlikda yashaganlar va shunday davom etmoqdalar. Ularning tarixi oʻzaro adovat va yomon koʻrishlar bilan toʻla. Natijada, ular qayerga borsalar, quvgʻinga uchrab kelishgan. Qayerga borsalar, fitnaga sabab boʻlib yuradilar.

«Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh oʻchirur».

Qanchadan-qancha urushlar yahudiylarning igʻvosi bilan boʻlgani hammaga maʼlum.

«Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar».

Hozir yer yuzidagi har bir fasodda yahudiylarning qoʻli borligi ham hech kimga sir boʻlmay qoldi. Ammo bilish lozimki:

«Alloh fasod qilguvchilarni sevmas».

Avvalgi oyatlarda ahli kitoblarning tugʻyon va kufrlari bayon qilingan boʻlsa, endi ular oʻzlarini qanday tutishlari lozimligi aytiladi.