وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَكَفَّرْنَا عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأَدْخَلْنَـٰهُمْ جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati na'iymga kiritgan bo`lardik.Агар аҳли китоблар иймон келтириб, тақво қилганларида эди, уларнинг гуноҳларини ювган ва жаннати наъиймга киритган бўлардик.Alauddin Mansour: Agar ahli kitob iymon keltirib, Allohdan qoʻrqsalar edi, Biz albatta yomonliklarini oʻchirgan va jannat neʼmatlariga doxil qilgan boʻlar edik.Агар аҳли китоб иймон келтириб, Аллоҳдан қўрқсалар эди, Биз албатта ёмонликларини ўчирган ва жаннат неъматларига дохил қилган бўлар эдик.
Ahli kitoblarning burchi iymon keltirish edi. Alloh amr qilgan narsalarga iymon keltirganlarida, lozim ishni ado etgan boʻlardilar. Iymonlari haqiqiy boʻlib, ularni taqvoga chorlaganda edi, oliy maqsadga muvofiq boʻlardi. Alloh taolo ularning bu ishlarini taqdirlab, gunohlarini yuvar va ularni jannati naʼiymga– neʼmatlar jannatiga kiritgan boʻlardi.