QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят66

وَلَوْ أَنَّهُمْ أَقَامُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِم مِّن رَّبِّهِمْ لَأَكَلُوا۟ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِم ۚ مِّنْهُمْ أُمَّةٌ مُّقْتَصِدَةٌ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ سَآءَ مَا يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Robbilaridan nozil bo`lgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham yegan bo`lardilar. Ulardan mo`'tadil toifalar ham bor. Ularning ko`plarining qilgan narsalari juda ham yomon.Агар улар Тавротга, Инжилга ва уларга Роббиларидан нозил бўлган нарсага амал қилганларида эди, албатта, тепаларидан ҳам, оёқлари остидан ҳам еган бўлардилар. Улардан мўътадил тоифалар ҳам бор. Уларнинг кўпларининг қилган нарсалари жуда ҳам ёмон.Alauddin Mansour: Agar ular Tavrotga, Injilga va Parvardigorlari tomonidan nozil qilingan barcha narsalarga amal qilganlarida edi, ustlaridan (osmondan) ham, ostlaridan (yerdan) ham rizqlangan boʻlur edilar. Ularning oralarida adolat egalari boʻlgan kishilar ham bor. Ammo ularning koʻplari naqadar yomon amallarni qiladilar.Агар улар Тавротга, Инжилга ва Парвардигорлари томонидан нозил қилинган барча нарсаларга амал қилганларида эди, устларидан (осмондан) ҳам, остларидан (ердан) ҳам ризқланган бўлур эдилар. Уларнинг ораларида адолат эгалари бўлган кишилар ҳам бор. Аммо уларнинг кўплари нақадар ёмон амалларни қиладилар.

119-sahifa · 6-juz · 12-hizb119-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарأَنَّهُمْularуларأَقَامُوا۟amal qilganlaridaамал қилганларидаٱلتَّوْرَىٰةَTavrotgaТавротгаوَٱلْإِنجِيلَva Injilgaва Инжилгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil boʻlganнозил бўлганإِلَيْهِمulargaуларгаمِّن-dan-данرَّبِّهِمْRobbilariРоббилариلَأَكَلُوا۟albatta yegan boʻlardilarалбатта еган бўлардиларمِن-dan-данفَوْقِهِمْtepalariтепалариوَمِنva -danва -данتَحْتِostiостиأَرْجُلِهِم ۚoyoqlariоёқлариمِّنْهُمْulardanуларданأُمَّةٌۭtoifaтоифаمُّقْتَصِدَةٌۭ ۖmoʻʼtadilмўътадилوَكَثِيرٌۭva koʻplariва кўплариمِّنْهُمْulardanуларданسَآءَjuda yomonжуда ёмонمَاnarsaнарсаيَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Albatta, iymon va taqvo Alloh taolodan nozil boʻlgan Tavrot va Injilni, boshqa ilohiy kitoblarni, jumladan, Qurʼoni Karimni hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Tavrot ham, Injil ham Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishga, u kishining diniga kirishga amr qilgan. Hamma Islomga kirishi, soʻnggi Paygʻambarga ergashishi va Qurʼoni Karimga amal etishi lozim. Qurʼoni Karim kelishidan oldin Tavrot va Injilga amal qilganlarida ham, ushbu oyatdagi ilohiy vaʼdaga noil boʻlar edilar. Qurʼoni Karim kelgandan keyin unga amal qilinsa ham, albatta, oʻsha vaʼdaga vafo qilinadi.

Ushbu ikki oyatdan ulkan islomiy qoida kelib chiqadi. Yaʼni: inson hayotini dunyoviy va diniy boʻlaklarga boʻlmaslik lozim; inson hayoti boʻlinmas bir xil hayotdir; u hayot oʻzining hamma sohalarida ilohiy qoidalarga va taʼlimotlarga mos boʻlishi lozim. Kim iymon keltirsa, taqvoli boʻlsa va Alloh nozil qilgan narsaga–samoviy kitobga amal qilib yashasa, gunohlari kechiriladi, jannati naʼiymga kiradi, tepasidan ham, oyoqlari ostidan ham (rizq) yeydi. Yaʼni, dindor boʻlish ikki dunyo saodatiga sabab boʻladi. Bu esa, hozirgi vaqtda dunyo boʻylab hukm surayotgan, din faqat oxirat ishi uchun kerakli shaxsiy-maʼnaviy ishdir, degan notoʻgʻri fikrga mutlaqo ziddir. Bu nomaʼqul falsafaning asli nasorolarda boʻlgan, ammo keyinroq uni dinga qarshi chiqqanlar hammayoqqa tarqatganlar.

Maʼlumki, nasroniy dini Ovrupada tubdan buzilgan holda yoyilgan. Odamlar tomonidan buzilgan oʻsha dinga koʻra, bu dunyo buzuqlik va gunohkorlikdan iborat, kishilar tarki dunyo yoʻli bilangina oxirat saodatiga erishishlari mumkin, deb keng targʻib etiladi. Kanisa asta-sekin Ovrupadagi xalqlarning hamma hayotiy jabhalarida mazkur falsafani kuch bilan joriy etdi. Odamlarni ilmmaʼrifatdan va erkin fikrlashdan qaytardi. Jaholat botqogʻiga tortdi. Ozodlik, ilm-maʼrifat va yaxshi hayot tarafdorlarini shafqatsiz ravishda jazoladi, oʻtlarda kuydirdi, oʻldirdi va azobladi. Oʻrta asrlarda boʻlib oʻtgan bu mojarolar hammaga maʼlum. Ammo tarixlarda, maktab darsliklarida oʻsha nomaʼqulliklarni nasroniy dini boʻyicha ish yuritib turgan kishilar qilganlar, deb aytilmaydi. Balki umumlashtirib, din qildi, deb aytiladi. Shu yoʻl ila kishilarga Islomga qarshi ham ayni shunday fikr singdirilgan. Aslida esa, bu daʼvolari gʻirt boʻhton, uning sohiblarining usullari esa, pastkashlikdir. Oʻsha paytlarda xuddi Ovrupaning oʻzida–hozirgi Ispaniya va Portugaliya yerlarida Andalus nomida Islom davlati mavjud boʻlib, u yerda ilm-fan, maʼrifat gullab- yashnagan, kishilar bu dunyoning jannatida yashay boshlagan edi. Kanisa esa, ilm-fan va maʼrifatga qiziqqan nasorolarni musulmonlarga ergashganlari uchun azoblashga, kofirga chiqarishga oʻtdi. Nasroniy dini rahbarlari, Ovrupa xalqlari musulmonlarga qoʻshilib, kanisani tashlab ketadi, deb qoʻrqishar edi. Yaʼni, oʻsha paytda ilm-fan va maʼrifat uchun harakat qilish musulmonlikka harakat bilan barobar boʻlib qolgan edi. Nasorolardan fikri ochiqlarining musulmonlarga oʻxshab ilmli, maʼrifatli boʻlishga urinishlari, musulmonlarga oʻxshab bu dunyoda ham yaxshi hayot kechirishga harakat qilishlari kanisaga kufr va shaddodlik boʻlib koʻrindi. Buning natijasi oʻlaroq, zulm va istibdod kuchaydi. Oqibatda, dinga munosabat oʻzgardi. Kishilar kanisaning zulmidan qutulishga harakat qildilar. Parij kommunasi va boshqa harakatlar boʻldi. Hamma dinga qarshi chiqdi. Umuman dinga emas, balki nasroniy kanisasiga qarshi chiqdi. Ammo, bu harakatni darsliklar «dinga qarshi» deb atashdi. Bu kurashning soʻngida kanisaga qarshilar gʻolib keldilar. Magʻlub boʻlgan kanisaga–cherkovga vazifalarini chegaralab qoʻydilar. Unga binoan, goʻyo iymon qalbga tegishli narsa, har kimning shaxsiy ishi, xohlasa, dinga amal qiladi, xohlamasa, yoʻq, deyishdi. Cherkov mana shu shaxsiy-maʼnaviy ishga amal qilib, oʻziga murojaat etganlarning ruhiy talablarini qondirsin, boshqa ishga aralashmasin, deyishdi. Odamlar oʻzining shaxsiy eʼtiqodi boʻyicha bolalarini choʻqintirmoqchi boʻlsa, choʻqintirsin, yakshanba kungi ibodatga boraman desa, borsin, nikoh qildiraman desa, qildirsin, janoza oʻqitaman desa, oʻqitsin–bular oʻzining ishi. Ammo, boshqa ishlarda cherkov chetga chiqib tursin. Hayotning qolgan sohalari bu dunyoning ishi, bu dunyoning ishiga aralashishga cherkovning haqqi yoʻq. Bu dunyoning ishini inqilob qilib hukmni qoʻlga kiritganlar tartibga soladilar, oʻz hukmiga boʻysundiradilar. Va hokazo.

Shu tariqa nasroniy cherkovning aybi bilan yangi tuzum dunyoga keldi. Din dunyodan, davlat dindan va maktab cherkovdan ajratildi. Hozirgi kunda oʻsha buzuq inqilobni amalga oshirganlarning merosxoʻrlari dunyoni soʻrab turibdilar, shu boisdan ham oʻzlarining bu fasod falsafalarini hamma dinlarga, hamma xalqlarga singdirmoqdalar. Koʻrsatmalariga yurmaganlarni turli tazyiqlar ostiga olib, hatto kuch ishlatib boʻlsa ham, siyosatlarini oʻtkazmoqchilar.

Holbuki, Islomda bu tushuncha umuman yoʻq, boʻlishi mumkin ham emas. Islomda din bilan dunyo, davlat bilan shariat, maktab bilan masjid orasida farq yoʻq. Hammasi bir mujassam tana hisoblanadi. Islomda masjidga kirib tasbeh oʻgirib oʻtirgan odam nafl ibodat qilayotgan hisoblansa, dalada yoki ishxonada ishlab halol rizq topayotgan odam farz ibodatni ado etayotgan boʻladi. Islomda davlat bir guruh odamlar sarmast holida, tamaki tutatib oʻtirib ishlab chiqqan qonunlar bilan emas, odamlarning Robbi osmondan tushirgan dastur orqali boshqariladi. Islomda haftada bir marta yoki yilda bir bora masjidga kirib qoʻyib, oʻzini musulmon sanab, qolgan vaqtlarda maktabda, ilmiy dargohlarda boshqa falsafa va mafkuralarning hukmiga boʻysunish yoʻq. Masjid ilm dargohi hamdir, ilm dargohlari esa, masjiddir.

Biz oʻrganayotgan ushbu ikki oyatda u dunyoning saodatiga erishish uchun iymon va taqvo shart qilib qoʻyilmoqda.

«Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati naʼiymga kiritgan boʻlardik.

Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Robbilaridan nozil boʻlgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham yegan boʻlardilar».

Bu tushunarli hol. U dunyoda gunohlari magʻfirat qilinib, jannati naʼiymga kirish har bandaning oliy maqsadi. Ammo bu oliy maqsadga erishish bu dunyo hayoti hisobiga boʻlmaydi. Balki ham kelajakda jannati naʼiymga kirish uchun va ham bu dunyoning saodatiga erishish uchun–tepalaridan, oyoqlari ostidan (rizq) yeyish uchun ham, yaʼni, hamma tomonlaridan nozu neʼmatlarga koʻmilish uchun ham, iymon va taqvo zaruriy shart hisoblanadi. Dinga amal qilinsa, bu dunyo ishlari yurishmay qoladi-da, degan xavf Islomda yoʻq, bunday xavotir boshqa dinlarga mosdir. Bu haqiqatning tarixiy dalillari ham bor.

Oʻrta asrlarda hamma xalqlar oʻz dinlarini mahkam tutganlar, oʻshanda musulmonlar taraqqiyotga erishib, hamma sohalarda dunyo xalqlariga ustoz boʻlganlar. Ilm-fan va maʼrifat, siyosat hamda boshqa sohalarda olamshumul daholarni tarbiyalab yetishtirganlar. Ayni paytda, boshqa dinlarga ergashuvchilar qoloq, johil va ilmsiz boʻlganlar. Keyinchalik hamma dindan uzoqlashdi. Jumladan, musulmonlar ham. Oqibatda, musulmonman deb yurganlar oxirgi safga oʻtib, bosh- qa xalqlar oldinga oʻtib ketdilar. Musulmonlikni daʼvo qilayotganlar agar yana jahon xalqlari saflaridan oldingi oʻrinni egallashni xohlasalar, Islomni mahkam tutishlari, unga toʻliq amal qilishlari lozim. Masjidga borganda, yaqin qarindoshi oʻlganda Qurʼonga amal qilib, boshqa vaqtda oʻziga oʻxshagan bandalarning yoʻrigʻiga yurguvchilar hozirgi holatlaridan chiqa olmaydilar.

Oyatning oxirida ahli kitoblardan moʻʼtadil toifalar ham borligi taʼkidlanadi.

«Ulardan moʻʼtadil toifalar ham bor. Ularning koʻplarining qilgan narsalari juda ham yomon».

Ular Islomga kiradilar. Toʻgʻri yoʻldan yuradilar. Ammo koʻplari juda ham yomon ishlarni qilib yurguvchi shaxslardir. Shunga qaramasdan, dinga daʼvat qilish va Islomni tushuntirish bardavom boʻlishi lozim.

Shuning uchun,