QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят67

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ بَلِّغْ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ ٱلنَّاسِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Payg`ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan bo`lasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.Эй, Пайғамбар! Сенга Роббингдан нозил қилинган нарсани етказ. Агар шундай қилмасанг, Унинг элчилигини етказмаган бўласан. Аллоҳ сени одамлардан сақлар. Албатта, Аллоҳ кофир қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan boʻlursiz, Alloh Sizni odamlardan (ularning zararidan) saqlagay. Albatta, Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas.Эй пайғамбар, сизга Парвардигорингиз томонидан нозил қилинган нарсани етказинг! Агар (бу фармонга амал) қилмасангиз, Унинг элчилигини (бандаларига) етказмаган бўлурсиз, Аллоҳ Сизни одамлардан (уларнинг зараридан) сақлагай. Албатта, Аллоҳ кофир қавмни ҳидоят қилмас.

119-sahifa · 6-juz · 12-hizb119-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلرَّسُولُPaygʻambarПайғамбарبَلِّغْyetkazетказمَآnarsaniнарсаниأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكَsengaсенгаمِن-dan-данرَّبِّكَ ۖRobbingРоббингوَإِنva agarва агарلَّمْemasэмасتَفْعَلْqilsangқилсангفَمَاbas, emasбас, эмасبَلَّغْتَyetkazgan boʻlasanетказган бўласанرِسَالَتَهُۥ ۚUning elchiliginiУнинг элчилигиниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْصِمُكَseni saqlaydirсени сақлайдирمِنَ-dan-данٱلنَّاسِ ۗodamlarодамларإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qilarҳидоят қиларٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلْكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Bu oyati karima Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob boʻlib, Alloh taolo u kishiga har qanday sharoitda, odamlarning qabul etishi-etmasligiga qaramay, daʼvat qilaverish lozimligini buyurmoqda:

«Ey, Paygʻambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz».

Zotan, Paygʻambarlik vazifasi oʻzi shundan iborat. Boshqa oyatlarda odamlarga Allohdan nozil qilingan narsani qanday yetkazishning taʼlimi ham berilgan. Jumladan, hikmat va yaxshi mavʼizalar bilan yetkazish taʼlimi. Demak, nima qilib boʻlsa ham, Allohdan nozil qilingan narsani yetkazish vazifasi mavjud.

«Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan boʻlasan».

Yaʼni, agar Robbingdan nozil qilingan narsani yetkazmasang, Allohning Paygʻambarligi vazifasini ado etmagan boʻlasan. Ammo, yetkazish oson ish emas. Islom daʼvati yoʻlida toʻsiqlar koʻp boʻladi. Musulmon daʼvatchining dushmanlari koʻpdir. Unga qarshi turli igʻvo-boʻhtonlar uyushtiriladi. Malomatlar qilinadi. Obroʻyiga, moliga va joniga suiqasd qilinadi. Ammo bu narsalardan qoʻrqma. Chunki:

«Alloh seni odamlardan saqlar».

Ularning yomonliklaridan asraydi. Rivoyatlarda kelishicha, ushbu oyati karima nozil boʻlishidan oldin, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning turar joylarini sahobalardan baʼzilari qoʻriqlab turishar ekan. Ushbu oyati karima nozil boʻlgandan soʻng, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylaridan chiqib: «Sizlar boraveringlar, Alloh Oʻzi meni saqlaydigan boʻldi», deganlar. Qurʼonning moʻʼjizaligining tasdigʻiga qarangki, shundan soʻng u zotga hech kim katta zarar yetkaza olmagan.

Islomga daʼvat qanchalik kuchli boʻlmasin, baʼzilar toʻgʻri yoʻlga yurmasliklari mumkin. Bunday paytda daʼvatchi tushkunlikka tushmasligi kerak. Allohning sunnati oʻzi shunday:

«Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas».

Rasululloh odamlarga yetkazishlari lozim boʻlgan narsalar ichida ahli kitoblarga qaratilgan quyidagi soʻzlar ham bor: