QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят68

قُلْ يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لَسْتُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ ۗ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَـٰنًا وَكُفْرًا ۖ فَلَا تَأْسَ عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma.«Эй, аҳли китоблар! Таврот, Инжил ва сизга Роббингиздан нозил қилинган нарсага амал қилмагунингизча ҳеч нарсага арзимассизлар», деб айт. Сенга Роббингдан нозил қилинган нарса улардан кўпларининг туғён ва куфрларини зиёда қилур. Кофир қавмлар учун ачинма.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey ahli kitob, to Tavrotga, Injilga va sizlarga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan barcha narsalarga amal qilmaguningizcha, hech qanday dinda emassizlar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa ulardan koʻplariga tugʻyon va kufrni ziyoda qilishi shubhasizdir. Bas, siz bu kofir qavm (qilmishi)dan mahzun boʻlmang!Айтинг: «Эй аҳли китоб, то Тавротга, Инжилга ва сизларга Парвардигорингиз томонидан нозил қилинган барча нарсаларга амал қилмагунингизча, ҳеч қандай динда эмассизлар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга Парвардигорингиз томонидан нозил қилинган нарса улардан кўпларига туғён ва куфрни зиёда қилиши шубҳасиздир. Бас, сиз бу кофир қавм (қилмиши)дан маҳзун бўлманг!

119-sahifa · 6-juz · 12-hizb119-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтيَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblarкитобларلَسْتُمْsizlar emassizlarсизлар эмассизларعَلَىٰustidaустидаشَىْءٍhech narsaҳеч нарсаحَتَّىٰtoтоتُقِيمُوا۟amal qilmaguningizchaамал қилмагунингизчаٱلتَّوْرَىٰةَTavrotgaТавротгаوَٱلْإِنجِيلَva Injilgaва Инжилгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكُمsizgaсизгаمِّن-dan-данرَّبِّكُمْ ۗRobbingizРоббингизوَلَيَزِيدَنَّva albatta ziyoda qiladiва албатта зиёда қиладиكَثِيرًۭاkoʻplariningкўпларинингمِّنْهُمulardanуларданمَّآnarsaнарсаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكَsengaсенгаمِن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингطُغْيَـٰنًۭاtugʻyonniтуғённиوَكُفْرًۭا ۖva kufrniва куфрниفَلَاbas, emasбас, эмасتَأْسَachinачинعَلَىustigaустигаٱلْقَوْمِqavmқавмٱلْكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlgan paytda yahudiy va nasorolar: «Biz ahli kitobmiz, bizga Alloh Tavrotni nozil qilgan, bizga Alloh Injilni nozil qilgan, biz moʻminlarmiz, biz umiz, biz bumiz», deb faxrlanib, maqtanib yurar edilar. Ushbu oyatda ularning bu qilmishlariga baho berilib, bunaqa quruq maqtanishning oʻrniga, boshqa–toʻgʻri ishni qilishlari lozim ekanligi aytilmoqda. Alloh taolo Muhammad alayhissalomga xitob etib:

«Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt», demoqda.

«Men moʻminman, men ahli kitobman, men ahli Tavrotman, men yahudiy dinidaman», deb ogʻzi bilan aytsa-yu, Tavrotga amal qilmasa, u odam hech narsaga arzimaydi. U moʻmin ham emas, ahli kitob ham emas va yahudiy dinidan ham emas.

Yana biri: «Men moʻminman, men ahli kitobman, men ahli Injilman, men nasoro dinidaman», deb tilida aytsa-yu, Injilga amal qilmasa, u odam ham hech narsaga arzimaydi.

Agar birov, men moʻminman, men ahli kitobman, men Robbimdan nozil qilingan narsaga ishonuvchi dindorman desa-yu, oʻzi oʻsha Robbidan nozil qilingan narsaga amal qilmasa, hech narsaga arzimaydi.

Ushbu qoidadan kelib chiqilsa, birov: «Men musulmonman, men ahli Qurʼonman, men Muhammad Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ummatman», desa-yu, oʻzi Qurʼonga amal qilib yashamasa, bunday odam hech narsaga arzimaydi. Unday kishilar «Men moʻminman, men musulmonman», deb daʼvo qilishga haqlari yoʻq.

Ahli kitoblarni ushbu haqiqatlar ila fosh etilgani uchun ham:

«Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrlarini ziyoda qilur».

Avval aytilganidek, ularning qalblari hiqdu hasadga toʻladir. Qolaversa, Qurʼoni Karimning ochiq-oydin oyatlari ularning yuz yillardan beri qilib kelayotgan yolgʻon daʼvolarini fosh qilmoqda. Bu ularning alamlarini qoʻziydi, achchiqlarini chiqaradi. Natijada, tugʻyon va kufrlari yanada ziyoda boʻladi. Battar boʻlsinlar.

«Kofir qavmlar uchun achinma».

Ular oʻzlari kufr-zulmat yoʻlini tanladilar. Hidoyat va daʼvatga eʼtibor bermadilar. Endi oʻzlaridan koʻrsin. Bu gaplar, ayniqsa, ahli kitoblarga alohida tegishlidir. Alloh taolo ularga Paygʻambar yuborib, samoviy kitob tushirib, toʻgʻri yoʻlga solib, ulugʻ neʼmat ato qilgan edi. Agar ular Tavrot va Injilga amal qilganlarida, Muhammad alayhissalomga va Qurʼoni Karimga hammadan avval iymon keltirar edilar. Chunki, Tavrotda ham, Injilda ham u kishiga iymon keltirish amr qilingan va u kishining vasflari kelgan. Ammo, bular Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashish oʻrniga, u kishiga dushmanlik qildilar. Qurʼoni Karimga iymon keltirish oʻrniga, uni eshitganda tugʻyon va kufrlari ziyoda boʻlmoqda. Shuning uchun ham, bularga achinishning hojati yoʻq.