QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят69

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّـٰبِـُٔونَ وَٱلنَّصَـٰرَىٰ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobi'unlar va nasorolardan kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Албатта, иймон келтирганлар, яҳудий бўлганлар, собиъунлар ва насоролардан ким Аллоҳга ва қиёмат кунига иймон келтирса ва яхши амал қилса, уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy boʻlganlar, sobiiylar (farishtalarga sigʻinuvchilar) va nasroniylar — (ulardan) qaysilari (iymonga kelib) Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, oʻshalar uchun xavfu xatar, gʻam-anduh yoʻqdur.Албатта, иймон келтирган зотлар, яҳудий бўлганлар, собиийлар (фаришталарга сиғинувчилар) ва насронийлар — (улардан) қайсилари (иймонга келиб) Аллоҳга, Охират кунига ишонса ва яхши амаллар қилса, ўшалар учун хавфу хатар, ғам-андуҳ йўқдур.

119-sahifa · 6-juz · 12-hizb119-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimlarкимларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَٱلَّذِينَva kimlarва кимларهَادُوا۟yahudiy boʻlganlarяҳудий бўлганларوَٱلصَّـٰبِـُٔونَva sobiʼunlarва собиъунларوَٱلنَّصَـٰرَىٰva nasorolarва насороларمَنْkimкимءَامَنَiymon keltirsaиймон келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِoxiratохиратوَعَمِلَva qilsaва қилсаصَـٰلِحًۭاyaxshi amalяхши амалفَلَاbas, yoʻqбас, йўқخَوْفٌxavfхавфعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيَحْزَنُونَxafa boʻlurlarхафа бўлурлар
TafsirТафсир

Bunga oʻxshash oyatning tafsiri «Baqara» surasining oltmish ikkinchi oyatida ham oʻtgan. Ahli kitoblar Alloh taologa bergan ahdlarini buzib, Tavrotdan va Injildan chekinganliklari avvalda eslatib oʻtilganligi bois, bu oyatda haqiqiy ahli din boʻlish uchun zarur umumiy qoida bayon qilinmoqda. Kim boʻlishidan qatʼinazar–xoh musulmon boʻlsin, xoh yahudiy boʻlsin, xoh Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam kelishlaridan oldin butlarga sigʻinishni tark etib, oʻz holicha, muayyan bir dinga ergashmasdan, yolgʻiz Allohga ibodat qilgan sobiʼunlar toifasi boʻlsin, xoh nasroniy dinidagilar boʻlsin–Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirib, yaxshi amal qilishi kerak. Aks holda, boʻlmaydi. Shu boisdan ham, ogʻizda oʻzining qaysi dinga mansubligini aytib maqtanishdan hech foyda yoʻq. Har qavmning oʻz dini yurib turgan paytda amal qilgani foyda beradi, xolos. Qolgan hammasi bekorchi gap. Har dinning muddati tugab, uni bekor qiluvchi din kelganda, yangi dinga oʻtish zarur. Muddati qiyomat kunigacha tugamaydigan oxirgi va mukammal din boʻlmish Islom kelganidan keyin hamma bunga oʻtishi, Allohga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, Qurʼonga va iymon keltirilishi lozim boʻlgan yana boshqa narsalarga iymon keltirishi hamda yaxshi amallar qilishi lozim. Ana shundagina:

«ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».

Kelasi oyatlarda Bani Isroilning ahdni qanday buzgani haqidagi tarix hikoya etiladi: