لَقَدْ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ رُسُلًا ۖ كُلَّمَا جَآءَهُمْ رَسُولٌۢ بِمَا لَا تَهْوَىٰٓ أَنفُسُهُمْ فَرِيقًا كَذَّبُوا۟ وَفَرِيقًا يَقْتُلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq — ahdnoma oldik va ularga Payg`ambarlar yubordik. Har qachon ularning havoyi nafslariga to`g`ri kelmaydigan narsa keltirgan Payg`ambarni: bir guruhlarini yolg`onchi dedilar, bir guruhlarini o`ldirdilar.Батаҳқиқ, Биз Бани Исроилдан мийсоқ — аҳднома олдик ва уларга Пайғамбарлар юбордик. Ҳар қачон уларнинг ҳавойи нафсларига тўғри келмайдиган нарса келтирган Пайғамбарни: бир гуруҳларини ёлғончи дедилар, бир гуруҳларини ўлдирдилар.Alauddin Mansour: Biz Bani Isroilning ahd-paymonini oldik va ularga paygʻambarlar yubordik. Qachon ularga bir paygʻambar nafslari xohlamagan biron hukmni keltirsa, birovlarini yolgʻonchi qiladilar, birovlarini esa oʻldiradilar.Биз Бани Исроилнинг аҳд-паймонини олдик ва уларга пайғамбарлар юбордик. Қачон уларга бир пайғамбар нафслари хоҳламаган бирон ҳукмни келтирса, бировларини ёлғончи қиладилар, бировларини эса ўлдирадилар.
Yahudiylarning Islom Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga munosabatlari, dushmanliklari yangilik emas. Paygʻambarlarga salbiy munosabatlari uzoq tarixga ega.
Oyati karima shu haqiqatni bayon etish bilan boshlanmoqda:
«Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq – ahdnoma oldik va ularga Paygʻambarlar yubordik».
Demak, Alloh taolo Paygʻambarlarni yuborishdan oldin Bani Isroildan taʼkidlangan ahdnoma olgan. Bu ahdnomaga muvofiq Bani Isroil har bir Paygʻambarga iymon keltirishi, uni qoʻllab-quvvatlashi va unga yordam berishi lozim edi. Holbuki, Paygʻambarlar kelganda, Bani Isroil miysoqni buzdi.
«Har qachon, ularning havoi nafslariga toʻgʻri kelmaydigan narsa keltirgan Paygʻambarni: bir guruhlarini yolgʻonchi dedilar, bir guruhlarini oʻldirdilar».
Bani Isroil, odatdagidek, haqiqatni emas, havoi nafsini ustun qoʻydi. Bani Isroil oʻz havoi nafsiga yoqsa, shaytonning yoʻliga ham yuraveradi, yoqmasa, hatto u Allohning Paygʻambari boʻlsa ham, qabul qilmaydi. Zotan, dunyoda hech bir xalq Paygʻambarlarga ularchalik shakkoklik qilmagan. Dunyoda hech bir xalq Paygʻambarlarni ularchalik yolgʻonchiga chiqarmagan va oʻldirmagan. Shulardan kelib chiqilsa, Muhammad alayhissalomga nisbatan qilayotgan yomonliklaridan ajablanmasa ham boʻladi. Bu ularning asli buzuqliklariga dalolat boʻlib, shu sababli ham Allohning laʼnatiga uchragandirlar. Boshqalar ham bundan oʻrnak olsinlar. Bani Isroilning ishini takrorlamasinlar. Xoʻsh, Bani Isroil shunchalar yomonliklarni qilishga qildi, balki bu ayblarini tan olgandir? Yoʻq: