QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят71

وَحَسِبُوٓا۟ أَلَّا تَكُونَ فِتْنَةٌ فَعَمُوا۟ وَصَمُّوا۟ ثُمَّ تَابَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ثُمَّ عَمُوا۟ وَصَمُّوا۟ كَثِيرٌ مِّنْهُمْ ۚ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, hech qanday sinov bo`lmas, deb ko`ru kar bo`lib oldilar. So`ngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan ko`plari yana ko`ru kar bo`lib oldilar. Alloh ularning qilayotganini ko`ruvchi Zotdir.Улар, ҳеч қандай синов бўлмас, деб кўру кар бўлиб олдилар. Сўнгра, Аллоҳ уларни кечирди. Кейин улардан кўплари яна кўру кар бўлиб олдилар. Аллоҳ уларнинг қилаётганини кўрувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Va (bu qilmishlari natijasida) hech qanday fitna boʻlmaydi, deb oʻylab koʻru kar boʻlib oldilar. Soʻng (tavba qilganlarida) Alloh tavbalarini qabul qildi. Keyin ulardan koʻplari yana koʻr va kar boʻlib oldilar. Alloh qilayotgan amallarini koʻrguvchidir.Ва (бу қилмишлари натижасида) ҳеч қандай фитна бўлмайди, деб ўйлаб кўру кар бўлиб олдилар. Сўнг (тавба қилганларида) Аллоҳ тавбаларини қабул қилди. Кейин улардан кўплари яна кўр ва кар бўлиб олдилар. Аллоҳ қилаётган амалларини кўргувчидир.

120-sahifa · 6-juz · 12-hizb120-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَحَسِبُوٓا۟va gumon qildilarва гумон қилдиларأَلَّاemasэмасتَكُونَboʻladiбўладиفِتْنَةٌۭsinovсиновفَعَمُوا۟bas, koʻr boʻldilarбас, кўр бўлдиларوَصَمُّوا۟va kar boʻldilarва кар бўлдиларثُمَّsoʻngraсўнграتَابَkechirdiкечирдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمْularniуларниثُمَّsoʻngra yanaсўнгра янаعَمُوا۟koʻr boʻldilarкўр бўлдиларوَصَمُّوا۟va kar boʻldilarва кар бўлдиларكَثِيرٌۭkoʻplariкўплариمِّنْهُمْ ۚulardanуларданوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبَصِيرٌۢkoʻruvchidirкўрувчидирبِمَاnarsaniнарсаниيَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Bani Isroilning har qanday gunohni tap tortmay qilaverishlarining sababi ushbu oyatda ochib berilmoqda:

«Ular, hech qanday sinov boʻlmas, deb koʻru kar boʻlib oldilar».

Yaʼni, Bani Isroilliklarning sinov, hisob-kitob boʻlishiga iymonlari yoʻq edi. Ular shunday oʻtib ketishlariga, amallarining sarhisobini bermasliklariga qattiq ishonardilar. Bunday botil ishonch ularni koʻru kar qilib qoʻygan edi. Koʻzlari oʻngida roʻy berib turgan hodisalardan ibrat olmasdilar. Quloqlari bilan eshitayotgan narsalar ham ularga taʼsir qilmas edi. Hech qanday sinov, hisob-kitob boʻlmaydi, deb qattiq ishonishlari ularni shu holga olib kelgandi.

Bugungi kunda ham, hech qanday sinov, hisob-kitob boʻlmaydi, deb hisoblaydiganlar xuddi Bani Isroilga oʻxshab koʻru kar boʻlib qoladi. Ularning bu buzuq fikrlari har qanday gunohni taptortmay qilishlariga olib kelmoqda.

«Soʻngra, Alloh ularni kechirdi».

Shunchalik gunohlarni qilsalar ham, Alloh taolo mehribon va kechirimli Zot boʻlganidan, ularni kechirdi. Ammo ular bundan xulosa chiqarmadilar, fursatdan foydalanmadilar:

«Keyin ulardan koʻplari yana koʻru kar boʻlib oldilar».

Bu hol ularning tuzalmas dardga chalinganlarining dalilidir. Agar ularda zarracha yaxshilik boʻlganida, Allohning kechirganiga shukr etib, oʻzlarini oʻnglashga harakat qilar edilar. Ular yana oʻzlarining eski odatlari boʻyicha, hech qanday sinov boʻlmaydi, deb yuribdilar. Aslida esa:

«Alloh ularning qilayotganlarini koʻruvchi Zotdir».

Hammasini koʻrib-bilib, hisoblab turadi va vaqti kelganida jazosini beradi.

Endi nasorolarning holi bayon qilinadi: