QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят72

لَقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ۖ وَقَالَ ٱلْمَسِيحُ يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ۖ إِنَّهُۥ مَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ حَرَّمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ ٱلْجَنَّةَ وَمَأْوَىٰهُ ٱلنَّارُ ۖ وَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh, albatta, Masiyh ibn Maryamdir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar. Masiyh ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi do`zax bo`lur. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yo`qdir», dedi.Аллоҳ, албатта, Масийҳ ибн Марямдир, деганлар, батаҳқиқ, кофир бўлдилар. Масийҳ ибн Марям эса: «Менинг Роббим ва сизнинг Роббингиз Аллоҳга ибодат қилинг. Ким Аллоҳга ширк келтирса, албатта, Аллоҳ унга жаннатни ҳаром қилур ва унинг турар жойи дўзах бўлур. Ва золимларга нусрат берувчилар йўқдир», деди.Alauddin Mansour: «Alloh — Masih binni Maryamdir», degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Holbuki, Masih: «Ey Bani Isroil, Parvardigorim va Parvardigoringiz boʻlmish Allohga bandalik qilingiz!», demishdir. Albatta kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va borar joyi doʻzax boʻlur. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi boʻlmas.«Аллоҳ — Масиҳ бинни Марямдир», деган кимсалар аниқ кофир бўлдилар. Ҳолбуки, Масиҳ: «Эй Бани Исроил, Парвардигорим ва Парвардигорингиз бўлмиш Аллоҳга бандалик қилингиз!», демишдир. Албатта кимда-ким Аллоҳга ширк келтирса, Аллоҳ унга жаннатни ҳаром қилур ва борар жойи дўзах бўлур. Зулм қилгувчилар учун бирон ёрдамчи бўлмас.

120-sahifa · 6-juz · 12-hizb120-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқكَفَرَkofir boʻldilarкофир бўлдиларٱلَّذِينَkimlarкимларقَالُوٓا۟deganlarдеганларإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳهُوَUУٱلْمَسِيحُMasihМасиҳٱبْنُibnибнمَرْيَمَ ۖMaryamМарямوَقَالَva dediва дедиٱلْمَسِيحُMasihМасиҳيَـٰبَنِىٓey farzandlariэй фарзандлариإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилٱعْبُدُوا۟ibodat qilingибодат қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаرَبِّىmening Robbimменинг Роббимوَرَبَّكُمْ ۖva sizning Robbingizва сизнинг Роббингизإِنَّهُۥalbatta, shundaykiалбатта, шундайкиمَنkimкимيُشْرِكْshirk keltirsaширк келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқحَرَّمَharom qildiҳаром қилдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِungaунгаٱلْجَنَّةَjannatniжаннатниوَمَأْوَىٰهُva uning turar joyiва унинг турар жойиٱلنَّارُ ۖdoʻzaxdirдўзахдирوَمَاva yoʻqdirва йўқдирلِلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаمِنْhechҳечأَنصَارٍۢnusrat beruvchilarнусрат берувчилар
TafsirТафсир

Iyso alayhissalomdan keyin nasorolar u zot olib kelgan sof aqiydani qanday qilib buzganlarini avvalgi oyatlar tafsirida oʻrgandik. Bu oyatda esa, oʻsha zalolat botqogʻiga botgan nasorolarning:

«Alloh, albatta, Masih ibn Maryamdir», deganlari kufr ekanligi, ularning bu aqiydasi va gapi Masih ibn Maryamning aytganlariga ham butkul zid ekanining bayoni kelmoqda. Chunki, Masih ibn Maryam alayhissalom hech qachon nasorolarga, men Xudoman, menga ibodat qiling, demaganlar. U zot alayhissalom oʻzlariga ergashganlarga:

«Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling», deganlar.

U zot oʻzlarini ham boshqalar qatori banda hisoblaganlar. Shu bilan birga, u kishi odamlarni umuman shirkdan–Allohning sherigi bor deyishdan qaytarganlar. Tavhidga–yagona Allohga eʼtiqod va ibodat qilishga chaqirganlar.

Masih ibn Maryam alayhissalom nasorolarga:

«Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi doʻzax boʻlur», deganlar.

Ammo Allohga bergan miysoq–ahdnomani buzgan nasorolar esa, Masih ibn Maryam Xudodir, deb Masih ibn Maryamning oʻzlari taʼkidlab aytgan maʼlumotning teskarisini qilmoqdalar. Bu, ular tomonidan boʻlayotgan katta zulmdir.

«Va zolimlarga nusrat beruvchilar yoʻqdir».