لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَـٰثَةٍ ۘ وَمَا مِنْ إِلَـٰهٍ إِلَّآ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۚ وَإِن لَّمْ يَنتَهُوا۟ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar. Yagona ilohdan o`zga hech qanday iloh yo`q! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir.Аллоҳ учтанинг учинчисидир, деганлар, батаҳқиқ, кофир бўлдилар. Ягона илоҳдан ўзга ҳеч қандай илоҳ йўқ! Агар айтаётганларидан қайтмасалар, улардан куфр келтирганларини аламли азоб тутадир.Alauddin Mansour: «Alloh — Uchtaning (yaʼni, Alloh, Maryam, Iysoning) biridir», degan kimsalar ham aniq kofir boʻladilar. Chunki yagona Ilohdan boshqa biron iloh yoʻqdir. Agar ular aytayotgan gaplaridan toʻxtamasalar, albatta ulardan kofir boʻlgan kimsalarni alamli azob ushlaydi.«Аллоҳ — Учтанинг (яъни, Аллоҳ, Марям, Ийсонинг) биридир», деган кимсалар ҳам аниқ кофир бўладилар. Чунки ягона Илоҳдан бошқа бирон илоҳ йўқдир. Агар улар айтаётган гапларидан тўхтамасалар, албатта улардан кофир бўлган кимсаларни аламли азоб ушлайди.
Nasroniy dinidagilarning mantiqsiz, oʻzlari oʻylab chiqargan, haqiqiy diniy taʼlimotni buzib koʻrsatadigan aqiydalaridan biri ushbu oyatda muhokama qilinmoqda. Ular: «Allohning tabiati bir- biriga teng uchta koʻrinishdan–Ota xudo, oʻgʻil xudo va Muqaddas ruhdan iboratdir. Oʻgʻil xudo, yaʼni, Iyso vositasi ila butun maxluqot Ota xudoga ulashadi. Oʻgʻil xudoga fido qilinganlik, Muqaddas ruhga «tozalash» nisbati beriladi», deydilar. Shu bilan birga, oʻzlarini tavhid aqiydasida deb, daʼvo qiladilar.
Xuddi mana shu mantiqsizlik qadimdan nasorolar oʻrtasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan. Hozirgi kunda masihiy dinidan odamlarning chetlanishida ham xuddi shu sabab bor. Bu safsatani bir oz aqlini ishlatgan odam hech qabul qila olmaydi. Chunki, sogʻlom aql dalolat qilgan narsa:
«Yagona ilohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻq!».
Bundan boshqa gapni aytib, buzuq eʼtiqod qilib yurganlar botil fikrlaridan qaytmoqlari lozim:
«Agar aytganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir».
Bu muqarrar narsa. Boʻlajak alamli azobdan hamma tiriklik paytida qutulib olishi mumkin. Buning uchun: