وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَٱحْذَرُوا۟ ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga itoat qiling va Payg`ambarga itoat qiling va hazir bo`ling! Agar yuz o`giradigan bo`lsangiz, bilingki, Payg`ambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos.Аллоҳга итоат қилинг ва Пайғамбарга итоат қилинг ва ҳазир бўлинг! Агар юз ўгирадиган бўлсангиз, билингки, Пайғамбаримиз вазифаси аниқ етказиш, холос.Alauddin Mansour: Allohga itoat qilingiz, paygʻambarga buyinsuningiz va (haromdan) ehtiyot boʻlingiz! Agar (itoatdan) bosh tortsangiz, bilingizki, paygʻambarimiz zimmasida faqat (bizning hukmlarimizni) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos.Аллоҳга итоат қилингиз, пайғамбарга буйинсунингиз ва (ҳаромдан) эҳтиёт бўлингиз! Агар (итоатдан) бош тортсангиз, билингизки, пайғамбаримиз зиммасида фақат (бизнинг ҳукмларимизни) очиқ-равшан қилиб етказиш бор, холос.
Musulmon kishi tushunib, oʻziga yaxshilab singdirib olishi lozim boʻlgan qoidadir bu. Har bir ishda faqat Allohga va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilmoq kerak. Shunda odam ikki dunyo saodatiga erishadi. Bu itoatdan faqat bandaning oʻzigina foyda topadi. Paygʻambarning vazifasi–Allohdan kelgan narsani ochiq bayon qilib berish, xolos. U zot sollallohu alayhi vasallam bu vazifani mukammal ado etdilar. Endi ummatlar qiyomatgacha itoatda boʻlishlari kerak.
Xamrning haromligi haqidagi oxirgi oyat tushgach, uning hukmi hammaga ayon boʻldi. Shunda baʼzi shak-shubha qoʻzib yuradigan odamlar: «Xamr harom boʻlsa, tiriklar-ku tavba qilib qutulishib oladilar, ammo xamr ichib yurib oʻlib ketganlar, qornida xamr bilan vafot etganlarning holi nima boʻladi?»–degan gap tarqatishdi. Bu visir-visirlar baʼzi ixlosli kishilarga ham taʼsir qildi. Jamiyatda bu gap kattalashib keta boshladi. Shunda Alloh taolo bu savolga javob tariqasida ushbu oyatni tushirdi: