QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят1

قٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْمَجِيدِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qoof. Ulug` Qur'on ila qasam.Қооф. Улуғ Қуръон ила қасам.Alauddin Mansour: Qof. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Ulugʻ Qurʼonga qasamki, (Biz sizni qayta tirilish haq ekanligidan ogohlantirguvchi paygʻambar qilib yuborganimizda Makka ahli iymon keltirmaydi).Қоф. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Улуғ Қуръонга қасамки, (Биз сизни қайта тирилиш ҳақ эканлигидан огоҳлантиргувчи пайғамбар қилиб юборганимизда Макка аҳли иймон келтирмайди).

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قٓ ۚQofҚофوَٱلْقُرْءَانِva Qurʼon ila qasamва Қуръон ила қасамٱلْمَجِيدِulugʻулуғ
TafsirТафсир

«Qof» surasi qof harfi ila boshlangan. Bunday boshlanishdan koʻzlangan maqsadni Allohning Oʻzi biladi.

Allohning qasami ulugʻ, ahamiyatli va zarur narsagina tufayli boʻladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻz kalomida biror narsa ila qasam ichsa, bu orqali juda muhim masalalar muolaja qilinishini bilib olsak boʻladi.

«Ulugʻ Qurʼon ila qasam.»

Alloh taolo nafaqat Qurʼon bilan, balki, Ulugʻ Qurʼon bilan qasam ichmoqda. Bu esa, Qurʼoni Karimning shaʼnini yana ham yuqori koʻtaradi. Ushbu ilohiy dasturning oʻz Egasi huzurida maqomi qanchalar oliy ekanini yana bir bor namoyon qiladi. Alloh taoloning Ulugʻ Qurʼon ila qasam ichishidan juda muhim masalalar muolaja qilinishini bilib olamiz.

Quyida ushbu masalalarning birinchisi keltiriladi: