بَلْ عَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ فَقَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا شَىْءٌ عَجِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.Балки, уларга ўзларидан огоҳлантирувчи келганидан ажабландилар ва кофирлар: «Бу ажиб нарса-ку?» – дедилар.Alauddin Mansour: Balki ularga (farishta emas, balki) oʻzlaridan boʻlgan bir ogohlantirguvchi kelganidan ajablanib, u kofirlar aytdilar: «Bu juda qiziq narsa-ku!Балки уларга (фаришта эмас, балки) ўзларидан бўлган бир огоҳлантиргувчи келганидан ажабланиб, у кофирлар айтдилар: «Бу жуда қизиқ нарса-ку!
Kofirlar oʻz jinslaridan, yaʼni odam bolasidan ularga ogohlantiruvchi Paygʻambar kelganligidan ajablandilar.
«Balki, ularga oʻzlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar...»
Makka mushriklari Muhammad alayhissalomning Paygʻambar boʻlib kelganliklaridan ajablandilar.
«...…va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.»
Aslida, bu, ajablanadigan joyi yoʻq, qadimdan boʻlib kelayotgan hol edi. Paygʻambarlar doimo odamlar orasidan tanlanganlar.
Kofirlar «Bu ajib narsa-ku?» deya hayratlangan yana bir narsa keyingi oyatda keladi: