أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ۖ ذَٰلِكَ رَجْعٌۢ بَعِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`lib, tuproq bo`lganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.Ўлиб, тупроқ бўлганимиздан кейин ҳам-а? Бу қайтиш (ақлдан) узоқ.Alauddin Mansour: Bizlar oʻlib, tuproq boʻlib qolgan vaqtimizda (yana hayotga qaytarilamizmi)?! Bu juda uzoq (aql bovar qilmaydigan) qaytishdir!»Бизлар ўлиб, тупроқ бўлиб қолган вақтимизда (яна ҳаётга қайтариламизми)?! Бу жуда узоқ (ақл бовар қилмайдиган) қайтишдир!»
Ha, oʻlgan tana chirib tuproqqa qoʻshilib ketgandan keyin qayta tirilishni kofirlar aqllariga sigʻdira olmaydilar. Ularning fikricha, qayta tirilish boʻlmagʻur gapdir. Holbuki, yoʻqdan bor qilgan Alloh uchun borni qaytadan tiriltirish hech gap emas.
Oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishonish Islom aqiydasining asosiy qoidalaridan hisoblanadi. Musulmon inson oʻz hayoti davomida doimo yaxshi ish qilib, haqiqat uchun kurashmogʻi, botilga qarshi harakat qilmogʻi va butun umri Allohga ibodatdan iborat boʻlmogʻi lozim. Buning mukofotini gohida hayotlik chogʻida oladi, gohida ololmaydi. Natijada, mukofot olish orqaga suriladi. Demak, haqiqiy hisob-kitob olami mavjud. Shuningdek, insonlar qilgan yomonliklari uchun bu dunyoda toʻla jazo olmay ketishlari ham mumkin. Uning jazosi ham oxiratga qoldiriladi. Shu boisdan, oxiratga iymon keltirish alohida maʼno kasb etadi. Agar oʻlgandan keyin tirilishga iymon boʻlmas ekan, hamma oʻlchovlar parchalanib, behuda boʻlib qoladi.
Keyingi oyatda kofirlarning oʻta tor dunyoqarashlariga raddiya boshlanadi: