QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят4

قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ ٱلْأَرْضُ مِنْهُمْ ۖ وَعِندَنَا كِتَـٰبٌ حَفِيظٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.Ҳақиқатан, Биз уларни ер камайтираётганини билдик ва Бизнинг ҳузуримизда сақловчи китоб бор.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Yer ular(ning jasadlari)ni kamaytirayotganini (yaʼni, jasadlari chirib tuproqqa aylanib ketayotganini) bildik. Va Bizning huzurimizda (barcha narsani oʻz sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul-Mahfuz) bordir, (demak ularni qayta tiriltirib, hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir).Аниқки, Биз Ер улар(нинг жасадлари)ни камайтираётганини (яъни, жасадлари чириб тупроққа айланиб кетаётганини) билдик. Ва Бизнинг ҳузуримизда (барча нарсани ўз саҳифаларида) сақлагувчи Китоб (Лавҳул-Маҳфуз) бордир, (демак уларни қайта тирилтириб, ҳисоб-китоб қилиш Биз учун қийин иш эмасдир).

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْhaqiqatdaҳақиқатдаعَلِمْنَاbildikбилдикمَاnimaniниманиتَنقُصُkamaytirayotganiniкамайтираётганиниٱلْأَرْضُyerерمِنْهُمْ ۖulardanуларданوَعِندَنَاva Bizning huzurimizdaва Бизнинг ҳузуримиздаكِتَـٰبٌkitobкитобحَفِيظٌۢsaqlovchiсақловчи
TafsirТафсир

Oʻlik koʻmilgandan keyin yer qaʼrida chiriy boshlaydi. Jasad asta-sekin chirib, kamayib, tuproqqa qoʻshila boradi. Alloh taolo bu jarayonni yerning ularni kamaytirishi, deb atayapti.

«Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik…...»

Har narsani biluvchi shunday Zot oʻlikni qayta tiriltira olmaydimi?

Alloh taolo

«Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor», deganida «Lavhul Mahfuz»ni nazarda tutayotganini oʻz vaqtida hamma tafsirchilar taʼkidlaganlar.

Keyingi oyatda kofirlarning bunday asossiz eʼtirozlarining sabablari haqiqati bayon qilinadi.