QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят5

بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ فَهُمْ فِىٓ أَمْرٍ مَّرِيجٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg`onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.Аниқки, уларга ҳақ келганда, уни ёлғонга чиқардилар. Бас, улар изтиробли ишдадирлар.Alauddin Mansour: Yoʻq, ularga Haq (Qurʼon) kelgan vaqtida uni ham yolgʻon dedilar. Bas, ular bir noaniq ishga — holga tushib qolganlar. (Shuning uchun ular goh Qurʼonni «sehr» deyishsa, goh «sheʼr» deyishadi, goho esa «Avvalgilardan qolgan afsona», deydilar).Йўқ, уларга Ҳақ (Қуръон) келган вақтида уни ҳам ёлғон дедилар. Бас, улар бир ноаниқ ишга — ҳолга тушиб қолганлар. (Шунинг учун улар гоҳ Қуръонни «сеҳр» дейишса, гоҳ «шеър» дейишади, гоҳо эса «Аввалгилардан қолган афсона», дейдилар).

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلْbalkiбалкиكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqardilarёлғонга чиқардиларبِٱلْحَقِّhaqniҳақниلَمَّاqachonkiқачонкиجَآءَهُمْularga kelgandaуларга келгандаفَهُمْbas, ularбас, уларفِىٓ-da-даأَمْرٍۢishишمَّرِيجٍiztirobliизтиробли
TafsirТафсир

Demak, kofirlarning Paygʻambar kelishidan va qayta tirilishdan taajjublanishlari bejiz emas ekan. Ular, avvalo, undan ham yomonroq ishni qilib qoʻygan ekanlar.

«Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolgʻonga chiqardilar.»

Yaʼni, ular haqni inkor qilganlar. Buning oldida boshqa narsalarni inkor qilishlari hech gap emas. Bu orqali shunday iztirobga tushadilarki, betayin boʻlib, oʻzlarini har tarafga uradilar.

«Bas, ular iztirobli ishdadirlar.»

Noaniqlik butun vujudlarini va ishlarini qamrab oladi. Haqni yolgʻonga chiqaruvchilarning jazosi bu dunyoyu u dunyoda iztirob ekanligi oyatning oʻzida aniq bilinib turibdi.