QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят6

أَفَلَمْ يَنظُرُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَـٰهَا وَزَيَّنَّـٰهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?!Устиларидаги осмонга назар солмайдиларми? Уни қандай бино қилибмиз ва зийнатлабмиз? Ва (ҳолбуки), унинг тешиклари ҳам йўқ?!Alauddin Mansour: Axir ular ustlaridagi osmonni — Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qoʻyganimizni va uning teshik-yoriqlari ham yoʻq ekanligini koʻrmadilarmi?!Ахир улар устларидаги осмонни — Биз уни қандай бино қилиб, (юлдузлар билан) безаб қўйганимизни ва унинг тешик-ёриқлари ҳам йўқ эканлигини кўрмадиларми?!

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَلَمْaxir … emasmiахир … эмасмиيَنظُرُوٓا۟nazar solmaydilarназар солмайдиларإِلَى-ga-гаٱلسَّمَآءِosmonосмонفَوْقَهُمْustilaridagiустиларидагиكَيْفَqandayқандайبَنَيْنَـٰهَاuni bino qilibmizуни бино қилибмизوَزَيَّنَّـٰهَاva uni ziynatlabmizва уни зийнатлабмизوَمَاva yoʻqва йўқلَهَاuningунингمِنhechҳечفُرُوجٍۢteshiklariтешиклари
TafsirТафсир

Bu oyatda ham Alloh taolo Oʻz qudratining cheksiz ekanini bayon qilish bilan birga shuncha narsaga qodir boʻlgan zotga oʻlganlarni qayta tiriltirish hech gap emasligiga ishora qilmoqda.

«Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi?»

Haqiqatan, osmonga nazar solgan kishi Allohning qudratiga qoyil qoladi.

«Uni qanday bino qilibmiz ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yoʻq.»

Bunday ulkan osmonni kim yaratdi? Uni sayyoralar, yulduzlar va boshqa jismlar bilan kim ziynatladi? Qarab-qarab koʻzlar charchaydi, lekin shunday cheksiz ulkan narsadan biror teshik, yoriq yoki kamchilik topa olmaydi. Shuning oʻzi Allohning barcha narsaga, jumladan oʻliklarni qayta tiriltirishga qodir ekanligiga dalil emasmi?