QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят7

وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَـٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yerni cho`zib qo`ydik, unga tog`larni tashladik va unda turli go`zal juftlarni o`stirdik.Ва ерни чўзиб қўйдик, унга тоғларни ташладик ва унда турли гўзал жуфтларни ўстирдик.Alauddin Mansour: Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda togʻlarni oʻrnatib qoʻydik hamda unda (oʻsimlik, mevalardan) har turli goʻzal juftlarni undirib-oʻstirdik.Ерни эса ёйиқ — кенг қилдик ва унда тоғларни ўрнатиб қўйдик ҳамда унда (ўсимлик, мевалардан) ҳар турли гўзал жуфтларни ундириб-ўстирдик.

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْأَرْضَva yerniва ерниمَدَدْنَـٰهَاuni choʻzib qoʻydikуни чўзиб қўйдикوَأَلْقَيْنَاva tashladikва ташладикفِيهَاungaунгаرَوَٰسِىَtogʻlarniтоғларниوَأَنۢبَتْنَاva oʻstirdikва ўстирдикفِيهَاundaундаمِن-dan-данكُلِّharҳарزَوْجٍۭjuftжуфтبَهِيجٍۢgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Yerning tuzilishi, uning yoyilib, yashash uchun qulay yaratilishining oʻzi Allohning cheksiz qudratiga dalildir.

Yerning ustiga salobat ramzi boʻlgan ulkan togʻlarni shundoqqina «tashlab» qoʻyish ham Allohning cheksiz qudratiga dalildir.

Yerda turli-tuman, son-sanoqsiz va rango-rang goʻzal juftlarning oʻstirib qoʻyilishi ham Allohning cheksiz qudratiga dalildir.

Jamiyki oʻliklarni oʻz bagʻriga olib, chiritib, qoldiqlarini oʻz qaʼrida saqlab turgan Yerni yaratgan Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!

Oyatda yer yuziga «togʻlarni tashladik», deyilyapti. Shu ifodaning oʻzi Allohning qudrati cheksizligiga ishorat qiladi. Shunday katta va ulkan togʻlarni, Alloh taolo eʼtiborsizlik bilan, xuddi arzimagan narsani bir joydan olib, ikkinchi joyga qoʻygandek, tashlab qoʻydik, demoqda. Demak, togʻdek azim narsalarni yer yuziga «tashlab» qoʻya olgan Alloh Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsasini qayta tiriltira olmaydimi?

«...va unda turli goʻzal juftlarni oʻstirdik.»

Dunyodagi nabotot olamiga nazar solmaydilarmi? Ular turli nav va turli xillarga mansub. Ularning turini sanashning oʻzi qiyin. Ularning har biri, har bir bargi bir moʻʼjiza. Allohdan oʻzga hech kim biror barg yoki gulni yarata oladimi? Ushbu oʻsimliklarning koʻpi qishda umri tugab, yerga qorishib ketadi, ammo bahorda urugʻidan qayta chiqib, oʻsib, avvalgi holiga keladi. Ushbuning oʻzi insonning qayta tirilishiga dalil emasmi? Odamlar bularni koʻrib, eslab, xulosa chiqarishlari zarurligini keyingi oyat bayon qiladi: