QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят10

وَٱلنَّخْلَ بَاسِقَـٰتٍ لَّهَا طَلْعٌ نَّضِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.Ва зич мевали шингиллари бор хурмоларни ҳам.Alauddin Mansour: Hamda terilgan (mevali) novdalari boʻlgan baland xurmolarni (undirib-oʻstirdik).Ҳамда терилган (мевали) новдалари бўлган баланд хурмоларни (ундириб-ўстирдик).

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلنَّخْلَva xurmolarniва хурмоларниبَاسِقَـٰتٍۢboʻy choʻzganбўй чўзганلَّهَاuningунингطَلْعٌۭmevali shingillariмевали шингиллариنَّضِيدٌۭzichзич
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo Oʻzining jonsiz narsalarga jon kiritishga qodirligiga juda ham sodda misol keltirmoqda. Bu misol ushbu oyati karimalar nozil boʻlgan davrdagi sodda hayot kechirayotgan kishilarni ham, hozirda oʻta murakkab hayot kechirayotganlarni ham birdek taʼsirlantiradi.

«Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bogʻrogʻlarni va don hosilini oʻstirdik. Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.»

Suv boʻlmasa, bogʻ-rogʻlarning dov-daraxtlari danak yoki koʻchat holida jonsiz boʻlib, oʻsmay-hayot kirmay turaveradilar.

Qachonki, Alloh taolo osmondan baraka suvini tushirsa, ularga jon kirib, harakatga tushadilar, oʻsib-unib bogʻ-rogʻlar hosil qiladilar.

Don hosili va zich mevali shingillari bor xurmolar haqida ham ayni shu maʼnoni takrorlashimiz mumkin.

Alloh taolo Oʻzi yogʻdirgan yomgʻirni «barakali» deb sifatlamoqda. Ushbu baraka yomgʻiri oʻt-oʻlanlarni, turli donlarni va bogʻrogʻlarni tiriltirganidek, oʻlgan insonlarni, oʻlik qalblarni ham tiriltirishi mumkin emasmi?

Kelasi oyatda Alloh taolo Oʻzi yogʻdirgan yomgʻir ila mazkur narsalarni oʻstirib qoʻyishi nima uchun ekanini bayon qiladi.

Osmondan suv tushirib, bogʻ-rogʻlarni, donlarni va zich mevali xurmolarni oʻstirdik,