QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят11

رِّزْقًا لِّلْعِبَادِ ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلْخُرُوجُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg`ir) bilan o`lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham.Бандаларга ризқ қилиб. Ва у (ёмғир) билан ўлган шаҳарни тирилтирдик. Шундай бўладир (қабрдан) чиқиш ҳам.Alauddin Mansour: Bandalarga rizq boʻlsin uchun (mana shunday qildik). Yana u (suv) yordamida oʻlik shaharni — Yerni tiriltirdik. (Oʻliklarning oʻz qabrlaridan qayta tirilib) chiqishlari ham mana shunday boʻlur.Бандаларга ризқ бўлсин учун (мана шундай қилдик). Яна у (сув) ёрдамида ўлик шаҳарни — Ерни тирилтирдик. (Ўликларнинг ўз қабрларидан қайта тирилиб) чиқишлари ҳам мана шундай бўлур.

518-sahifa · 26-juz · 52-hizb518-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رِّزْقًۭاrizq qilibризқ қилибلِّلْعِبَادِ ۖbandalargaбандаларгаوَأَحْيَيْنَاva tiriltirdikва тирилтирдикبِهِۦu bilanу биланبَلْدَةًۭshaharniшаҳарниمَّيْتًۭا ۚoʻlganўлганكَذَٰلِكَshunday boʻladirшундай бўладирٱلْخُرُوجُ(qabrdan) chiqish(қабрдан) чиқиш
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada avvalgi oyatda zikr qilingan don, bogʻrogʻ, xurmolarni Alloh bandalariga rizq qilib bergani eslatilmoqda.

«Bandalarga rizq qilib», deyilganining maʼnosi shu.

Ayni chogʻda, oʻsimliklari qurib, xuddi oʻlik holiga kelib qolgan shaharlarni va yerlarning nabototlarini yomgʻir ila oʻstiribtiriltirishini eslatmoqda.

«Va u (yomgʻir) bilan oʻlgan shaharni tiriltirdik.»

Oyati karimaning oxirida esa, inson vafot etib, koʻmilib chirib ketganidan keyin, xuddi shu tarzda qayta tirilishi oson ekanligini taʼkidlamoqda.

«Shunday boʻladir (qabrdan) chiqish ham.»

Oʻzlaridan Paygʻambar kelganligiga ajablanib qayta tirilishni inkor qilgan kofirlarga Alloh taolo Oʻzining cheksiz qudratiga dalil boʻluvchi borliqdagi maxluqotlarni bir-bir bayon qilgach, endi ularga oʻtmishdagi kofirlarning ahvollarini va ularning oqibatlari qanday boʻlganini eslatadi: