كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَـٰبُ ٱلرَّسِّ وَثَمُودُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg`onga chiqarganlar.Улардан аввал Нуҳ қавми, қудуқ соҳиблари ва Самуд ёлғонга чиқарганлар.Alauddin Mansour: Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuh qavmi, quduq egalari (aʼni Shuʼayb paygʻambarni yolgʻonchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok boʻlgan bir qavm), Samud (qabilasi) (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilgan edilar.Улардан (Макка кофирларидан) илгари Нуҳ қавми, қудуқ эгалари (аъни Шуъайб пайғамбарни ёлғончи қилганлари сабабли қудуққа қулаб ҳалок бўлган бир қавм), Самуд (қабиласи) (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилган эдилар.
Bu oyati karimalarda kofirlar faqat Muhammad alayhissalomnigina yolgʻonchiga chiqarishmagani, balki bu ish ularning qadimiy odati ekanligi eslatilib, oʻshandoq nobakorlikni qilgan qadimiy qavmlardan baʼzilari sanab oʻtilmoqda.
«Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolgʻonga chiqarganlar. Va Od, Firʼavn, Lut birodarlari.»
Yaʼni, Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarayotgan kofirlardan avval ham turli kofir qavmlar oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlar.
Nuh, Samud, Od, Firʼavn, Lut qavmlari haqida avvaldan koʻp qissalar kelgan, maʼlumotlar olingan.
Ammo «Ashobur Rossi»–«quduq sohiblari» deb atalgan qavm toʻgʻrisida ushbu oyatdan boshqa yerda ishora yoʻq. Baʼzi tafsirchilar: mazkur qavm yashagan joy, Najddagi Yamoma, degan joyda boʻlgan, deyishgan. Baʼzilar: Najdning Qosiym mintaqasida Ross nomli shahar bor, ehtimol, shu boʻlsa kerak, deya taxmin qilishgan.
«Daraxtzor egalaridan» murod esa, Shuʼayb alayhissalomning qavmlaridir.
«Tubbaʼ qavmi» deganda Yamandagi bir qavm tushuniladi. Homiyr podshohlarining laqabi «Tubbaʼ» boʻlgan. Oʻsha podshohlardan biri Allohning diniga kirib oʻz qavmini ham dinga chaqirgan.
«Va daraxtzor egalari va Tubbaʼ qavmi – barchalari Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlar.»
Mazkur qavmlarning barchasi oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarishgan, iymon yoʻliga yurishmagan va oqibatda hammalari ham Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlarga Alloh vaʼda qilgan azob-uqubatga, halokatga uchraganlar.
«Bas, (azob) vaʼdam haq boʻldi.»
Demak, Allohning amriga yurmagan har bir kimsaning va qavmning oqibati shu. Koshki, bular oʻrnak olsalar!
Endi, yana, qayta tirilish masalasiga qaytiladi: