وَأَصْحَـٰبُ ٱلْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ۚ كُلٌّ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi.Ва дарахтзор эгалари ва Туббаъ қавми — барчалари Пайғамбарларни ёлғонга чиқарганлар. Бас, (азоб) ваъдам ҳақ бўлди.Alauddin Mansour: Daraxtzor egalari (yaʼni, Shuʼayb paygʻambarning qavmi) va Tubbaʼ qavmi ham (oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchi qilgan edilar). (Ularning) barchalari paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishgach, Mening vaʼdam (yaʼni, azobim ularning ustiga) haq-vojib boʻldi.Дарахтзор эгалари (яъни, Шуъайб пайғамбарнинг қавми) ва Туббаъ қавми ҳам (ўз пайғамбарларини ёлғончи қилган эдилар). (Уларнинг) барчалари пайғамбарларни ёлғончи қилишгач, Менинг ваъдам (яъни, азобим уларнинг устига) ҳақ-вожиб бўлди.
Bu oyati karimalarda kofirlar faqat Muhammad alayhissalomnigina yolgʻonchiga chiqarishmagani, balki bu ish ularning qadimiy odati ekanligi eslatilib, oʻshandoq nobakorlikni qilgan qadimiy qavmlardan baʼzilari sanab oʻtilmoqda.
«Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolgʻonga chiqarganlar. Va Od, Firʼavn, Lut birodarlari.»
Yaʼni, Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarayotgan kofirlardan avval ham turli kofir qavmlar oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlar.
Nuh, Samud, Od, Firʼavn, Lut qavmlari haqida avvaldan koʻp qissalar kelgan, maʼlumotlar olingan.
Ammo «Ashobur Rossi»–«quduq sohiblari» deb atalgan qavm toʻgʻrisida ushbu oyatdan boshqa yerda ishora yoʻq. Baʼzi tafsirchilar: mazkur qavm yashagan joy, Najddagi Yamoma, degan joyda boʻlgan, deyishgan. Baʼzilar: Najdning Qosiym mintaqasida Ross nomli shahar bor, ehtimol, shu boʻlsa kerak, deya taxmin qilishgan.
«Daraxtzor egalaridan» murod esa, Shuʼayb alayhissalomning qavmlaridir.
«Tubbaʼ qavmi» deganda Yamandagi bir qavm tushuniladi. Homiyr podshohlarining laqabi «Tubbaʼ» boʻlgan. Oʻsha podshohlardan biri Allohning diniga kirib oʻz qavmini ham dinga chaqirgan.
«Va daraxtzor egalari va Tubbaʼ qavmi – barchalari Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlar.»
Mazkur qavmlarning barchasi oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarishgan, iymon yoʻliga yurishmagan va oqibatda hammalari ham Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlarga Alloh vaʼda qilgan azob-uqubatga, halokatga uchraganlar.
«Bas, (azob) vaʼdam haq boʻldi.»
Demak, Allohning amriga yurmagan har bir kimsaning va qavmning oqibati shu. Koshki, bular oʻrnak olsalar!
Endi, yana, qayta tirilish masalasiga qaytiladi: