أَفَعَيِينَا بِٱلْخَلْقِ ٱلْأَوَّلِ ۚ بَلْ هُمْ فِى لَبْسٍ مِّنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Avvalgi yaratishga ojiz bo`l-dikmi? Yo`q! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.Аввалги яратишга ожиз бўл-дикми? Йўқ! Улар янгидан яратилишга шубҳададирлар.Alauddin Mansour: Axir Biz avvalgi yaratishga (yaʼni, yoʻqdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yoʻq, (ojizlik qilmadik, demak tuproqqa aylangan jasadlarga qayta jon ato etishga ham ojilik qilmaymiz), ular esa yangi yaralishdan (yaʼni, qayta tirilishdan) shak-shubhadadirlar.Ахир Биз аввалги яратишга (яъни, йўқдан бор қилишга) ожизлик қилдикми? Йўқ, (ожизлик қилмадик, демак тупроққа айланган жасадларга қайта жон ато этишга ҳам ожилик қилмаймиз), улар эса янги яралишдан (яъни, қайта тирилишдан) шак-шубҳададирлар.
Yaʼni, Biz insonni yoʻqdan bor qilib, birinchi bor yaratishga ojizlik qilib qolganmidikki, uni oʻlgandan keyin qayta tiriltirishga ojizlik qilsak? Ha, qani ayting-chi!
«Avvalgi yaratishga ojiz boʻldikmi?»
Bu savolga javob kutishning hojati yoʻq. Shuning uchun, oyatning oʻzi loʻnda va keskin javobni bermoqda:
«Yoʻq! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar».
Yaʼni,
«Yoʻq!»
Biz avvalgi yaratishga ojiz boʻlmadik. Biz barcha narsani, jumladan, oʻsha kofirlarning oʻzlarini ham yoʻqdan bor qilganmiz. Gap bunda emas. Faqat, ular, inson oʻlganidan keyin, chirib tuproqqa aralashganidan soʻng, yana qaytadan tirilishiga ishonmaydilar, xolos.
Alloh subhanahu va taolo bir hadisi qudsiyda aytadiki: «Odam bolasi, meni avval yaratgandek, qayta tiriltirmaydi, deb Menga ozor beradi. Avvalgi yaratish Menga qayta yaratishdan oson emas».
Endi keladigan oyatlar insonning yaratilishi haqidadir. Alloh uning vasvasaga tushib turishini bilishini, inson bu dunyodan ketgach, jannatiylarning jannatga, doʻzaxiylarning doʻzaxga kirishini vasf qiladi: