وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِۦ نَفْسُهُۥ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ ٱلْوَرِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.Албатта, инсонни Биз яратганмиз ва унинг нафси нимани васваса қилишини ҳам билурмиз. Ва Биз унга жон томиридан ҳам яқинмиз.Alauddin Mansour: Aniqki, insonni Biz yaratganmiz, (demak), uning nafsi vasvasa qiladigan (yaʼni, koʻnglidan oʻtgan barcha) narsalarni ham bilurmiz, — Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz.Аниқки, инсонни Биз яратганмиз, (демак), унинг нафси васваса қиладиган (яъни, кўнглидан ўтган барча) нарсаларни ҳам билурмиз, — Биз унга жон томиридан ҳам яқинроқдирмиз.
Biror asbob va yoki buyumning ustasi undagi eng mayda ikirchikirlargacha yaxshi biladi. Uning xususiyatlarini, afzalliklarini, shuningdek, kamchiliklariyu nuqsonlarini ham yaxshi biladi. Holbuki, u yaratuvchi emas. U, bor-yoʻgʻi, mavjud narsalarni bir- biriga qoʻshib, ulab, kesib, oʻyib va boshqa usullar bilan asbob yasaydi. Yaratuvchi esa, yoʻqdan bor qiladi.
Ushbu oyatda Alloh taolo:
«Albatta, insonni Biz yaratganmiz», deb taʼkidlamoqda.
Demak, Yaratuvchi yaratgan narsasining hamma tarafini mukammal biladi. Shu bilishini Alloh taolo insonning eng nozik joylaridan birini tilga olish bilan bildirmoqda:
«va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilamiz».
Nafsning vasvasasi insonning xayolida kechadi, uning jarayonini tashqaridan hech kim bilmaydi. Alloh taolo oʻshanday maxfiy narsani ham bilib turgandan keyin boshqasini bilish Unga hech gap boʻlmay qoladi.
Inson har doim, har lahza Allohning changalida, Uning sergak kuzatishi ostida turishini bildirish uchun Alloh oyatning oxirida:
«Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz», deydi.
«Jon tomiri» deganimizda qon tomirini tushunamiz. Inson shuni toʻla his qilib olsa, har bir harakati, gapi, soʻzi Yaratganni rozi qilish uchun boʻlishi lozimligi haqida oʻylab qoladi. Hech bir gunohga, harom ishga yaqinlashmay qoʻyadi. Doimo hushyor, sergak yashaydi.
Lekin insonni kuzatish, uning ishlarini hisob-kitob qilish bu bilan tugamaydi. Balki yana boshqa qoʻshimcha kuzatish ham bor. Inson doimo, qayerda boʻlmasin, vakil qilingan ikki farishtaning nazoratida boʻladi. Ular insondan sodir boʻlayotgan gap-soʻz va amallarni zudlik bilan yozib boradilar.