QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят4

فَٱلْمُقَسِّمَـٰتِ أَمْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.Иш тақсимловчи(фаришта)лар билан қасам.Alauddin Mansour: Va (Allohning amri bilan barcha) ish(lar)ni taqsimlaguvchi (farishta)larga qasamki,Ва (Аллоҳнинг амри билан барча) иш(лар)ни тақсимлагувчи (фаришта)ларга қасамки,

520-sahifa · 26-juz · 52-hizb520-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱلْمُقَسِّمَـٰتِbas, taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasamбас, тақсимловчи(фаришта)лар билан қасамأَمْرًاishniишни
TafsirТафсир

Aslida, arablar shamolni «zariyat», bulutni «hamilat», kemani «jariyat» va farishtani «muqossimat» deb nomlamaydilar. Bu ismlar mazkur narsalarga birinchi marta Qurʼonda qoʻyilmoqda. Toʻgʻri, Qurʼoni Karimning oʻzida, «zariyat» shamol degani, deb sharh yoki tushuncha berilgan emas. Bu kabi tushunchalar Qurʼonni birinchi qabul qilib olgan zot Muhammad alayhissalom va u kishining sahobai kiromlaridan rivoyat qilingan.

Mashhur tafsirchi Ibn Kasir Abu Tufayldan rivoyat qiladilarki, u kishi hazrati Ali roziyallohu anhuning minbarda turib soʻzlayotganlarini koʻribdilar. U kishi, Allohning kitobidagi oyatlardan, Paygʻambar alayhissalom sunnatlaridan savol bering, javob beraman, deb turgan ekanlar. Shunda Ibn Kivo ismli kishi oʻrnidan turib:

«Ey, moʻminlarning amiri «Vaz-zariyat»ning maʼnosi nima?»–debdi. Hazrati Ali roziyallohu anhu:

«Shamol», debdilar. U kishi:

«Fal hamilat», degani-chi?»–debdi. Hazrati Ali:

«Bulut», debdilar. Ibn Kivo:

«Fal jariyat» degani-chi?»–debdi. Hazrati Ali:

«Kema», debdilar. U kishi:

«Fal muqossimat» degani-chi?»–degan ekan, Hazrati Ali:

«Farishta», debdilar.

Suboygʻ ibn Asal Tamiymiy ismli fitnachi shaxs, keyinroq, hazrati Umar ibn Hattob huzurlariga kelib, xuddi Ibn Kivoning savollarini bergan, Hazrati Umar xuddi hazrati Ali karramallohu vajhahuga oʻxshab javob qilganlar. Soʻngra u kishi roziyallohu anhu Suboygʻning bu nozik masalani qayta-qayta soʻrab, turli javob chiqib qolsa, ixtilof chiqarishga urinayotganini yaxshi sezib, uni jazoladilar va odamlar ichida oʻtirib, suhbatlarda ishtirok etishdan mahrum qildilar.

Ushbu rivoyatdan koʻrinib turibdiki, yuqorida oʻtgan oyatlardagi toʻrt narsada yuzaki mubhamlik mavjudligidan, baʼzi fitnachilar qayta-qayta savol berishga uringanlar.

Fitnachi Suboygʻ ibn Asal Tamiymiyga nisbatan hazrati Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning qoʻllagan jazo choralari ham nihoyatda hikmatli ekanini taʼkidlamoq lozim. Hozirgi paytdagi koʻpgina kelishmovchiliklar ham Suboygʻga oʻxshagan fitnachilar sababidan kelib chiqadi. Ularga nisbatan hazrati Umar roziyallohu anhuning choralarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Demak, dastlabki toʻrt oyatda Alloh taolo inson eʼtiborini tortish uchun Oʻzi yaratgan baʼzi narsalari bilan qasam ichmoqda.

Kishi oʻylab qarasa, shamol, bulut, kema va farishtalarda Allohning qudratini koʻradi va Alloh taolo har bir narsaning tadbirkori ekaniga tan beradi. Mazkur narsalarni yaratishga va boshqarishga qodir boʻlgan Zot, undan ulkanroq ishlarga ham qodirdir. Jumladan, qasamga javob boʻlib kelayotgan keyingi oyatdagi maʼnoning voqeʼ boʻlishi ham Allohning iznidadir.