وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.Ва бундан аввал Нуҳ қавмини ҳам (ҳалок этганмиз). Албатта, улар фосиқ қавм эдилар.Alauddin Mansour: (Mazkur qavmlardan) ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki ular fosiq-itoatsiz qavm edilar.(Мазкур қавмлардан) илгари Нуҳ қавмини ҳам (ҳалок қилгандирмиз). Чунки улар фосиқ-итоатсиз қавм эдилар.
Mazkur qavmlardan ilgari Alloh taolo Nuh qavmini ham, ular fosiq boʻlganlari uchun, tag-tomirlari bilan quritishga qaror qilgan va barchalarini toʻfon balosiga giriftor etgan edi.
Alloh taolo bu oʻtgan oyatlarda isyonga ketgan kofir qavmlar qanday halokatlarga uchraganlarini eslatib, siz bilan bizga ularning yoʻli naqadar xatarli ekanini bayon qilgan boʻlsa, shundan soʻng, oʻzining qudrati cheksiz ekaniga, mazkur halokatlar Unga qiyin emasligiga eʼtiborimizni tortadi va qudratining belgilari sifatida osmon va yer, kabi Oʻzi yaratgan maxluqotlarni misol qilib keltiradi.