QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят52

كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا۟ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Payg`ambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.Худди шундай, булардан аввалгиларга ҳам ҳар бир Пайғамбар келган вақт (уни) сеҳргар ёки мажнун деганлар.Alauddin Mansour: Xuddi shuningdek, (yaʼni, sizni sehrgar, majnun, shoir deganlari kabi) ulardan (yaʼni, Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir boʻlgan) kimsalarga biron paygʻambar kelganida, ular ham albatta (oʻsha paygʻambarni yo) sehrgar yoki majnun, der edilar.Худди шунингдек, (яъни, сизни сеҳргар, мажнун, шоир деганлари каби) улардан (яъни, Макка мушрикларидан) аввалги (кофир бўлган) кимсаларга бирон пайғамбар келганида, улар ҳам албатта (ўша пайғамбарни ё) сеҳргар ёки мажнун, дер эдилар.

523-sahifa · 27-juz · 53-hizb523-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَٰلِكَxuddi shundayхудди шундайمَآemasэмасأَتَىkeldiкелдиٱلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаمِن-dan-данقَبْلِهِمulardan avvalgiулардан аввалгиمِّنhechҳечرَّسُولٍPaygʻambarПайғамбарإِلَّاmagarмагарقَالُوا۟dedilarдедиларسَاحِرٌsehrgarсеҳргарأَوْyokiёкиمَجْنُونٌmajnunмажнун
TafsirТафсир

Maʼlumki, Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklarini inkor qilgan mushriklar, u zoti bobarakotni turli ayblar bilan ayblaganlar. Jumladan, sehrgar va majnun (jinni) ham deganlar. Albatta, bu omillar u kishini xafa qilib, iztirobga solardi. Shunda Alloh taolo Qurʼon orqali Oʻz habibiga tasalli berib, Makka mushriklarining bu qilmishlari yangilik emasligini, balki avval oʻtgan kofirlar ham oʻz davridagi Paygʻambarlarga nisbatan xuddi shunday muomalada boʻlganliklarini eslatib turadi.

«Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Paygʻambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.»

Shuning uchun, ey Paygʻambarim, ularning senga aytayotgan nooʻrin gaplaridan xafa boʻlma.

Ularning qilmishini oʻylaganlar quyidagi gumonga borishlari mumkin: