ٱصْلَوْهَا فَٱصْبِرُوٓا۟ أَوْ لَا تَصْبِرُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos.Киринглар унга! Чидайсизларми, чидамайсизларми — бари бир. Қилиб юрган амалларингизнинг жазосини оласизлар, холос.Alauddin Mansour: (Doʻzaxga) kiringiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir! (Yaʼni, u azob sizlardan yengillatilmas). Sizlar faqat oʻzlaringiz qilib oʻtgan qilmishlaringizning jazosini tortursizlar!»(Дўзахга) кирингиз! Энди (унинг азобига) хоҳ сабр қилинглар, хоҳ сабр қилманглар, сизларга баробардир! (Яъни, у азоб сизлардан енгиллатилмас). Сизлар фақат ўзларингиз қилиб ўтган қилмишларингизнинг жазосини тортурсизлар!»
Jahannamiylar ana shunday qiynoq va azoblarga duchor boʻlib, sharmandai sharmisor boʻlib turgan bir paytda, taqvodorlar jannatda qay holda boʻlishlarini kelasi oyatlar vasf qiladi: