كُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ هَنِيٓـًٔۢا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yenglar, ichinglar, osh bo`lsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir.Енглар, ичинглар, ош бўлсин. (Булар) қилган амалларингиз учундир.Alauddin Mansour: (Ularga): «Sizlar qilib oʻtgan (yaxshi) amallaringiz sababli koʻngildagidek yeb-ichinglar», (deyilur).(Уларга): «Сизлар қилиб ўтган (яхши) амалларингиз сабабли кўнгилдагидек еб-ичинглар», (дейилур).
Oyatdagi «huri iynlar» jannat hurlari boʻlib, badanlari oppoq, koʻzlari katta-katta va goʻzal boʻlgani uchun ular shunday deb nomlanganlar.
Odatda, inson yaxshilikka, farogʻatga yetishgan saodatli damlarida bola-chaqasi ham oʻzi bilan boʻlishini xohlaydi. Oʻshandagina uning baxti butun boʻladi. Jannat ahli ham ana shu holatni orzu qiladi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda, agar iymon va yaxshi amallarda zurriyotlari ularga ergashgan boʻlsa, jannatda ham birga boʻlishlarining xabari beriladi: