وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَـٰنٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَآ أَلَتْنَـٰهُم مِّنْ عَمَلِهِم مِّن شَىْءٍ ۚ كُلُّ ٱمْرِئٍۭ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qo`shdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir.Ўзлари иймон келтириб, зурриётлари уларга иймон билан эргашганларнинг зурриётини уларга қўшдик ва уларнинг амалларидан ҳеч нарсани камайтирмадик. Ҳар бир киши ўз касби гаровидир.Alauddin Mansour: Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (oʻsha) zurriyotlarini qoʻshdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik. Har bir kishi oʻzi kasb qilgan ishi bilan garovga olinguvchidir — ushlanguvchidir.Ўзлари иймон келтириб, зурриётлари ҳам уларга иймон билан эргашган зотларга (ўша) зурриётларини қўшдик ва уларга қилган амалларидан бирон нарсани ҳам камитмадик. Ҳар бир киши ўзи касб қилган иши билан гаровга олингувчидир — ушлангувчидир.
Bu dunyoda iymonu Islom bilan oʻtgan kishilar jannatga kirganlaridan soʻng yaqinlarini soʻrab, ular qani, deb qolishar ekan. Oʻshanda, agar zurriyotlari ham iymon bilan oʻtgan boʻlsa, darajalari uncha yuqori boʻlmasa ham, Alloh ularni ota-onalariga qoʻshib qoʻyar ekan.
«Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qoʻshdik….»
Lekin, shu bilan birga, ota-onalarning amalidan hech bir narsa kamaytirilmas ekan.
«...va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik.»
Yaʼni, ularning savoblari bolalariga olib berilib, ularning darajasi tenglatilmas ekan. Chunki, har kim oʻzi qilgan kasbamalning garovidir, amali yaxshi boʻlsa, oqibati ham yaxshi boʻladi.
«Har bir kishi oʻz kasbi garovidir.»
Alloh koʻrsatmasin, amali yomon boʻlsa, oqibati ham...
Soʻngra Alloh taolo moʻminlarga beradigan noz-neʼmatlarining vasfini davom ettiradi.